Rasmiy hukumat Ramazon oyida ham musulmonlarga qarshi kurashini to’xtatmayapti

470
0

Bishkek shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) matbuot xizmatining xabar qilishicha, IIV 10 bo’lim xodimlari tomonidan Bishkek shahrida Hizb ut-Tahrir a’zolari qo’lga olindi.

Boshqarmaning ma’lum qilishicha, IIBB 10- bo’limi tomonidan Bishkek shahrida diniy ekstremistik va terroristik harakatlar yoyilishini oldini olish maqsadida 21 iyundan 28 iyunga qadar “Ekstremist” nomi ostida tezkor-qidiruv va proflaktik chora-tadbirlari olib borilgan.

Tadbir davomida poytaxt hududida diniy ekstremistik mazmundagi adabiyotlarni tarqatish bo’yicha ettita holat aniqlangan va Hizb ut-Tahrirning ikki “yacheyka”si fosh qilingan bo’lib, ulardan biri tashkilotning ayollar qanotidan iborat.

Rasmiy hukumat mutamlakachi kufr davlatlari ajratadigan arzimagan moddiy boyliklarni qo’lga kiritish, ulardan olqish olish ilinjida Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashida muborak Ramazon oyining xurmatini saqlashni ham unitib qo’ymoqda.

Avvalroq Qirg’iziston Bosh vaziri Temir Sariev madrasalarda jiddiy tekshirishlar olib borilishi zarurligini ta’kidlab, bu vazifani IIV va MXDQ zimmasiga yuklagan edi. O’z navbatida kuch organlari ularning buyriqlarini bajarish yo’lida ortiqcha jonbozlik ko’rsatib yuborishayotgani va bu buyriqlardan moddiy boylik orttirib olish payida bo’lishayotgani hech kimga sir emas. Albatta, bundaylar kuch organlari safida ko’pchilikni tashkil etmasada, sholi kurmaksiz bo’lmaganidek, uchrab turgani ma’lum.

Shunday ekan biz kuch organlariga ham, ularga shunday buyriq va ko’rsatma berayotgan siyosatchilarga ham vaqt borida eslarini yig’ishlarini, ulug’ Ramazon oyida musulmonlardan duoi bad emas, aksincha duoi hayr olishlarini maslaxat bergan bo’lar edik.

Payg’ambarimiz Muhammad sallollahu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisda:

“Mazlumning duosidan qo’rqinglar. Chunki u bilan Alloh o’rtasida to’siq-parda bo’lmaydi”. deganlar

(Imom Termiziy rivoyati).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.