Hindiston bosh vaziri keyingi hafta Markaziy Osiyo bo’ylab turnesini boshlaydi

393
0

“Hinduso” gazetasining xabar qilishicha, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi keyingi haftada Markaziy Osiyodagi besh respublika Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bo’ylab safarini boshlaydi.

Gazetaning ma’lum qilishicha, Modining Markaziy Osiyo bo’ylab turnesi 6 iyulda boshlanadi va 13 iyulgacha davom etadi. Narendra Modi o’zining O’rta Osiyo turnesi davomida asosiy e’tiborni “Islomiy davlat” tahdidini oshib borishi hamda aksilterrorchilik texnologiyalari, qo’shma harbiy mashg’ulotlar va radikalizmga qarshi kurashga qaratadi.

“Islomiy radikalizmga qarshi kurashda Hindistonning sa’yi harakatlari e’tiborga olinsa, Markaziy Osiyo davlatlari tabiiy ittifoqdoshlar hisoblanishadi”, – deb yozadi gazeta.

Turkiston:

Oxirgi yillarda Hindiston davlati ham xalqaro siyosiy faollashib borayapti. U Xitoy singari, iqtisodiy o’nikish sistemasini tiklab, dunyodagi boy davlatlar safidan o’rin olib borayapti.

Lekin Hindistonga ham bu iqtisodiy rivojlanish imkoniyati, xuddi Xitoy kabi bir qator shartli chegaralar qo’yilishi va u ularni qabul qilishi ortidan berildi. Bu shartlarning qisqa va lo’ndasi, u dunyo davlatlarini siyosiy mustamlaka qilishdan tiyilishi lozim.

Lekin u hozir, Xitoy singari bir milliarddan ziyod aholisi bor, industriyasi o’ta tez rivojlanib borayotgan, energetikaning har qanday turiga kuchli ehtiyoji bor bo’lgan davlat. Shunga qaramay u, xalqaro siyosatda mustaqil ish yurita oladigan quvvatga ega emas.

Hind bosh vazirining kelishi orotidan Markaziy Osiyo davlatlarida, ayniqsa Qirg’iziston va Tojikiston kabi qashshoq va mafkuraviy mabdaga ega bo’lmagan davlatlarda, o’z fuqorolarini yolg’on ayblar bilan qamab, Hind bosh vaziridan sadaqa undirish ilinjida bir qator yasama vahimalar keltirishga harakatlar uyushtirilishi kutiladi.

O’rta Osiyoda “IShID” xavf xatari mavjud emas. “IShID” bu o’lkalarda o’z ta’sir quvvatiga ega bo’la olgani yo’q. Buni ular juda yaxshi bilishadi. Demak Modi Markaziy Osiyoga AQSh ilgari surayotgan “mintaqada islomiy to’qnashuvlar paydo qilish uchun zamin yaratib olish” maqsadi sari tuzilgan amaliyotni quvvatlash uchun kelyapti. Bizlarning siyosatchilarimizga buning deyarli ahamiyati yo’q. Ular arzimagan manfaatlar uchun har qanday mushrikka ta’zim bajo qilaverishadi.

Rossiya Hindiston bilan aloqa tiklashdan o’ta manfaatdor. U YeI sotib olishdan bosh torta boshlagan energetik xom ashyolarni Xitoy va Hindiston tomon burib yuborish uchun juda kuchli harakat olib borayapti. Markaziy Osiyodagi Rossiyaning ta’siri ostidagi davlatlar, shu siyosiy doira asosida muzokaralar olib borishga harakat qilishadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.