Tojikiston chegarasida afg’on jangarilari to’planmoqda

645
0

Tojikiston OAVlarining xabar qilishicha, umumiy soni 4-5 ming bo’lgan afg’on mujohidlari Tojikiston chegaralari yaqinida jamlanmoqda.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, rasmiy Qobulga itoat qilmaydigan qurolli guruhlar Badaxshon va Qunduz yo’nalishlari bo’ylab Tojikiston chegarasi tomon harakatlanmoqda, bu esa xavotir paydo qilmay qo’ymaydi.

“Bizdagi ma’lumotlarga ko’ra, hozircha bu guruh rejasida chegaraga qurolli hujum qilish maqsadi yo’q, biroq afg’on hukumatiga bo’yinsunmaydigan ko’p sonli yaxshi qurollangan guruhni chegarada paydo bo’lishini o’zi tashvish tug’diradi”, – dedi tojik maxsus xizmati vakili.

Uning so’zlariga ko’ra, har lahzada “vaziyat o’zgarishi mumkin, shu sababli ham tojik hukumati chegara qo’shinlari ichki zahirasi va armiya bo’linmalari hisobidan chegaralarni mustaxkamlash bo’yicha bir qator choralarni qabul qildi”.

“Albatta, Rossiyaning 201 -harbiy bazasi KXShTning tezkor harakat kuchlari tarkibiy qismi sifatida mintaqa va mamlakat xavfsizligi uchun qo’shimcha va muhim omil hisoblanadi”, – dedi manba.

Uning fikricha, yaqindagina Afg’oniston chegarasi bo’ylab bo’lib o’tgan KXShTning harbiy mashg’ulotlari shuni ko’rsatdiki, Afg’oniston hududidan tahdid vujudga kelgan taqdirda dushmanga “munosib javob” beriladi.

Turkiston:

Afg’onistonda uzoq yillardan buyon, har xil guruhlar, mintaqaning turli joylarida uyushmalar holatida yig’ilib, bir necha yillar istiqomat qilib keladi. Lekin ba’zida, kimdir bu jamo’alarni vahimali maqsadlarini gumon qilib, atrof davlatlarni qo’rqita boshlaydi. Yuqoridagi shu holatlardan bir ko’rinish bo’lib, albatta muayyan bir davlatning ma’lum maqsadi sari yo’naltirilgan matbuot hujumi bo’lishi mumkin. Tojik axborot vositalarining vahimalari, balki o’z hududida joylashgan Rossiyaning 201 diviziyasining kengaytirish yoki yangi harbiy texnikalar bilan ta’minlash yoki tojik armiyasini kuchaytirish uchun o’ta kamomatli bo’lgan davlati byudjetidan harbiy texnika sotib olish uchun mablag’ undirib olish, kabi bir qator maqsadlar sari yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Lekin bu vahimalar Qirg’iziston, Qozog’iston, Turkmaniston va O’zbekiston kabi Afg’oniston qo’shnilari bo’lgan davlatlarni ham, tashvishlantirmay qo’ymaydi. Rossiya O’rta Osiyoda o’z ta’sir quvvatini kuchaytirish uchun qattiq harakatlar olib borayotgani ma’lum. Yana u, mintaqada o’zining harbiy ishtirokini kuchaytirishdan o’zga ta’sir qiluvchi boshqa richaglarini deyarli yo’qotib bo’lganini ham bilamiz. Rossiyaning Markaziy Osiyoda, haligacha matbuot xizmat ko’rsatish tizimi kuchli. U o’zi uchun qulay ma’lumotlar tarqata oladigan sharoitlarga ega. Demak Afg’oniston atrofidagi vahimalar, Rossiyaga mintaqadagi harbiy aralashishi uchun qo’l kelishi mumkin ekan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.