AQSh-Xitoy savdo urushida yangi raund boshlandi

506
0
AQSh-Xitoy savdo urushida yangi raund boshlandi

AQSh-Xitoy savdo urushida yangi raund boshlandi

 Vashington Xitoydan olib kirilayotgan mollarga umumiy qiymati 300 mlrd. dollarlik qoʻshimcha 10 foizlik boj joriy etilishini rasman eʼlon qildi. Bu haqda “Sinьxua” agentligi 15 avgust kuni XXR davlat kengashi qoshidagi bojxona bojlari boʻyicha qoʻmita vakiliga asoslanib xabar tarqatdi.

 XXR Davlat kengashi bosh vaziri oʻrinbosari Lyu Xe Oq uy maxsus vakili Robert Laytxayzer hamda AQSh moliya vaziri Stiven Minuchin bilan betinim oʻtkazgan telefon orqali muzokaralarga qaramasdan, amerikaliklar oʻz qarorlarini oʻzgartiriashmadi.

 Xabarda aytilishicha, endi Xitoy qarshi javob choralari koʻrishga majbur, chunki AQShning xatti-harakatlari Osakada oʻtgan “Yigirmalik guruhi” sammitida ikki mamlakat rahbarlari  Si Tszinьpin va Donalьd Tramp oʻrtasida tuzilgan kelishuvga mutlaqo ziddir.

 Izoh:

Moddiy manfaatdan boshqa hech qanday qiymatlarni hisobga olmaydigan olamiy kapitalistik boshqaruv sistemasida, har bir davlat faqat oʻzining moddiy manfaatini koʻzlab ish olib boradi. Moddiy manfaatlar olamiy siyosatdagi kuch quvvatga bogʻliq ekanligi bois bu davlatlar doimiy bir birlariga nisbatan siyosiy va harbiy kelishmovchiliklar keltirib chiqarishadi. Bir birlariga qarshi urush qilish, kuchlilari zaiflarini ezish, ularni sunʼiy zaiflashtirib borish siyosatini qoʻllash kabi jirkanch amaliyotlar orqali oʻz quvvat va taʼsir doirasini saqlab qolishga harakat qilishadi.

 Soʻnggi yillarda Xitoy iqtisodi juda tez rivojlanib, olamdagi eng yirik ikkinchi iqtisodga aylandi. Xitoy iqtisodini jadal rivojlanishi AQShni xavotirga solib qoʻydi va uni oʻziga iqtisodiy raqib qatori koʻra boshladi. Shu sababli ham AQSh 2017-yildan boshlab Xitoy bilan “savdo urushiga” kirishdi va Xitoyning yuzlab milliard dollarlik mahsulotlariga boj toʻlovlarini oshirdi. Oʻz navbatida Xitoy ham AQShning bir qator mahsulotlariga boj toʻlovlarini oshirib, AQShga rangli metal yetkazib berishni kamaytirish bilan “tahdid” qildi…

Bu savdo urushi AQSh tomonidan Xitoy iqtisodiga zarba beruvchi uslublardan bir uslubdir.

Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.