Frantsiya va Germaniya Yevropa islohoti ustida ish olib bormoqda

374
0

Frantsiya va Germaniya maxfiy tarzda “Yevropa islohoti” ustida ish olib borayotgani va bu islohot doirasida iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish olg’a surilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Germaniya matbuotidan o’rin olgan xabarlarda aytilishicha, Yevropaning bu ikki davlati maxfiy islohotlar uchun tayyorgarlik ko’rish bilan bir qatorda Yevroguruhda tubdan o’zgarishlarni vujudga keltirish istagida faoliyat yuritmoqda. Germaniyaning “Zeit” gazetasi ham Yevroguruhga a’zo davlatlar yanada kuchli siyosat olib borishi haqida yozib chiqdi.

Germaniya kantsleri Angela Markel bilan Frantsiya prezidenti Fransua Olland tarafidan tayyorlangan islohot loyihasida muhim o’zgarishlar kiritilgan. Masalan Yevropa ittifoqiga a’zo bo’lgan davlatlarning davriy uchrashuvlari, Yevroguruh rahbarligining va unga bog’liq bo’lgan bo’limlarning yana-da kuchli holga keltirilishi, Yevroguruhga xos tuzilmalarning Yevroparlamentdan o’rin olishi shular jumlasidan. Shu zaylda demokratik nazorat ta’minlanishi rejalashtirilmoqda.

Tayyorlangan bu rejaning Yevroguruhga a’zo davlatlar uchun robita bo’lishi shart qilinmoqda. Shuningdek, Yevroguruhga a’zo bo’lish istagida bo’lgan davlatlar uchun ham o’zlarini bu rejaga moslab tayyorlashlari ham shartdir. Shunga ko’ra, Yevroguruhga a’zo bo’lmagan Britaniya kabi davlatlar Yevropa ittifoqiga aloqadorliklarini yana ham kengaytirib olishi imkoniyati tug’iladi.

Markel va Holland tarafidan tayyorlangan uch sahifalik hujjatda Yevroguruhda amalga oshiriladigan iqtisodiy siyosatning Yevropa ittifoqi komissiyasi tarafidan belgilanishi olg’a suriladi. Har yil belgilanadigan asosiy chiziqlar Yevroguruhga a’zo davlatlar rahbarlari uchrashadigan yig’ilishda tasdiqlanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.