NATO: Qrimning bosib olinishini tan olmaymiz

395
0

NATO bosh kotibi Jon Stoltenberg Rossiyaning Qrimda yadroviy qurol joylashtirish ehtimolidan o’ta xavotirda ekanliklarini ochiqladi. Stoltenbergning ta’kidlashicha, NATO Ukrainaning mustaqilligini, hududiy yaxlitligini va tashqi kuchlardan mustaqil ravishda o’z kelajagini o’zi belgilashini himoya qiladi.

“Rossiyaning tajovuzkor harakatlarini qattiq tanqid qilamiz va uni xalqaro normalarga amal qilishga chaqiramiz. Qrimning bosib olinishi noqonuniydir. Biz uni tan olmadik va bundan keyin ham tan olmaymiz”, dedi NATO bosh kotibi.

Stoltenberg Rossiya harbiylarini Qoradengizga joylashtirilishi mintaqa barqarorligiga ta’sir qilishini qayd etdi. Minsk bitimi Ukraina sharqidagi kelishmovchiliklar echimi uchun eng afzal yo’l ekanligini bildirgan Stoltenberg “O’t ochishni to’xtatish” bitimi juda ko’p marotaba buzilganligiga va Rossiyaning ayirmachilarga berayotgan yordami davom etayotganligiga urg’u berdi. Unga ko’ra, Rossiya ayirmachilarni dastaklashni bas qilishi va Ukrainadagi harbiy kuchlarini ortga qaytarib, siyosiy echimni qo’llab quvvatlashi lozim.

Kievda joylashgan NATO ofesidagi xodimlar soni ko’paytirilganligini aytib o’tgan Stoltenberg bu xodimlar Ukraina hukumatiga, xususan Ukraina mudofaa vaziriga maslahat berib turishini ma’lum qildi. Uning ochiqlashicha, bahor oxirida NATO boshchiligida amalga oshiriladigan harbiy mashg’ulotga Ukraina mezbonlik qiladi. AQSh, Kanada va Angliya Ukraina askarlarini harbiy mashg’ulotdan o’tkazadi. NATOga a’zo ba’zi davlatlar Ukrainaga harbiy anjomlar bilan yordam ko’rsatadi.

O’z navbatida Rossiya ham NATOning Ukrainadagi faoliyatlariga qarshi qadamlar tashlamoqda. Rossiyaning NATOdagi vakili Aleksandr Grishko Rossiya NATOning rejasini e’tiborga olgan holda Qrimdagi vujudini kuchaytirishini bildirdi.

Grishkoning bildirishicha, NATO o’lkalari oxirgi paytlarda Rossiya chegaralariga yaqin mintaqalarda harbiy imkoniyatlarini kuchaytirishga harakat qilmoqda. Rus diplomatlaridan biri “Rusiyal yavm” telekanaliga bergan intervyusida Greshkoning so’zlarini tasdiqladi.

“Sifat jihatida ko’p ham o’zgarish bo’lmasligi mumkin. Ammo NATO Sharqiy Yevropada, ya’ni bizning chegaralarimizga yaqin mintaqalarda ta’sirini kuchaytirishga harakat qilar ekan, biz ham Qirimdagi harbiy vujudimizni kuchaytiramiz. NATO buni qilyapti va albatta qarshisida Rossiyani ko’radi. Bundan tashqari biz uzoq vaqtdan buyon Qrimdagi flotimizni yanligash niyatidamiz. Bugungacha Ukraina bizga bu borada qarshilik qilib keldi, endi esa buni amalga oshirish vaqti etdi”, dedi diplomat.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.