Harbiylar jalb qilinishi mumkin

397
0

000

Turkiyaning ikki yirik ishchilar uyushmasi namoyishchilarga qarshi politsiyaning zo’ravonliklariga nisbatan e’tiroz bildirib, ish tashlash qilganliklarini joriy etishdi. Ularning da’vati bilan bu o’lkada yana umumiy e’tirozlar avj oldi.

Bu ikki yirik uyushmaga o’lkaning aksariyat tibbiy, injeneriya, qurilish va stomotologik uyushmalar ham qo’shildi. Ular niamoyishchilarga nisbatan politsiyaning zo’rovonliklarini to’xtatishga chaqirishmoqda.

Turkiya ichki ishlar vaziri Muammar Guler ishchilar uyushmasining ish tashlashlarini noqonuniy deb atadi.

Ayni paytda ba’zi siyosatchilar Turkiyada namoyishlarning yangi to’lqini boshlanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.Yakshanba kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbul xalqini aksilhukumat namoyishlariga chaqiriqlar yangragan.

Shahardagi vaziyat taranglashgan, muxolifat odamlarni yana namoyishga chorlamoqda.Xabarlarga ko’ra, shaharning turli chekkalaridan yig’ilib kelgan namoyishchilarning soni 50 mingga etadi.

Hukumatning siyosatidan norozi odamlar Taqsim maydoniga olib boradigan ko’chalarda avtomashinalari bilan yo’llarni to’sganlar.

O’z navbatida politsiya markaziy ko’chalarga olib boradigan yo’llarni yopib, namoyishchilarga qarshi ko’zdan yosh sizdiruvchi gaz, rezina o’qlar va suv purkagichlarni ishga solgan.

Namoyish chog’ida jarohat olganlarni davolash uchun kelgan meditsina xodimlari davlat kuchlari tomonidan hibsga olingan.

Turkiya boshvaziri Rajab Toyyib Erdogan agar namoyishchilarni tarqatishga politsiyaning kuchi etmaydigan bo’lsa harbiylar jalb qilinishidan ogohlantirdi. Boshvazirning noibi Bulent Arinch ham hukumatga qarshi chiqqan namoyishchilarga qarshi harbiy kuch qo’llanishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Hukumat chekka viloyatlardan ko’plab maxsus politsiya kuchlarini markazga safarbar etgan.Otaturk aeroportiga mingga yaqin harbiy kelib tushgan va avtobuslarga o’tirg’izib shahar markaziga olib ketilgani aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.