Hizb ut-Tahrir yigitlari Arakan musulmonlariga yordam qo’lini cho’zishdi

378
0

Muanmarda butparastlarning ayovsiz zulmidan qochgan, ammo hech bir davlat qabul qilmaganligi uchun Tailandning yaqinidagi Andaman dengizida qolib ketgan Arakanlik musulmonlardan yomon xabar kela boshladi. 350 Arakanlik musulmonlar hayoti xavf ostida qolgan. Kemada oziq-ovqat va toza ichimlik suvi batamom tugab bo’lgan. Ulardan yaqinda 10 kishi ochlik va suvsizlikka bardosh bera olmay hayotdan ko’z yumganligi aytilmoqda. Janubiy Osiyo davlatlarning etakchilari Arakan musulmonlarining dod-faryodlariga quloq solishdan bosh tortishmoqda.

BMT tarqatgan ma’lumotga ko’ra, hozirda Arakan va Bangladeshdan qochib chiqqan olti ming nafar musulmonlar dengizlarda o’lim bilan yuzma-yuz holda qolib ketmoqda. Hech bir davlat ularni o’z hududiga kirishlariga izn bermayapti. Bu haqida BMTning inson huquqlari bo’yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn o’zining yozma bayonoti orqali ma’lum qildi.

“Tailand, Indoneziya va Malayzya davlatlari chorasiz qolgan qochqinlar kemalarini dengizda yordamsiz tashlab qo’yishidan va oqibatda insonlarning halok bo’layotganidan dahshatga tushyapman”, deyiladi komissar Zayd Raad al-Husayning yozma bayonotida.

Indoneziya hukumati Arakan musulmonlarining dod-faryodlariga e’tibor qaratishdan bosh tortayotgan bir paytda Achex oroliga boshpana izlab kelgan Arakanlik minglagan mazlum musulmonlarga Hizb ut-Tahrirning yigitlari yordam qo’lini cho’zishdi. Olti ming musulmon ochiq dengizlarda o’limini kutib yotganligini butun dunyo jimgina kuzatib turar ekan, Hizb ut-Tahrir yigitlari o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib, Arakan musulmonlarini Achex oroliga kirib olishlariga yordam berishdi. Hizb yigitlarining bu ma’ruf ishlari Indoneziya matbuotida keng yoritildi. Oziq ovqat va toza ichimliklar bilan ta’minlangan mazlum musulmonlar boshpanaga yaroqli erlarga joylashtirildi. Indoneziya hukumatining qarshiligiga qaramay, Hizb yigitlari bu xayrli ishni amalga oshirishga muvaffaq bo’lishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.