Xitoy rahbari Qozog’istonga tashrif buyuradi

438
0

Oqo’rda matbuot xizmatining xabar qilishicha, Xitoy xalq respublikasi raisi Si TSzinpin 7 may kuni rasmiy tashrif bilan Qozog’istonga keladi.

“7 mayda rasmiy tashrif bilan Qozog’istonga kelishi rejalashtirilgan Xitoy xalq respublikasi raisi Si TSzinpin bilan muzokaralar o’tkazilishi kutilmoqda”, – deyiladi xabarda.

O’z navbatida, Xitoy tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Chen Gopin Xitoy rahbarining Qozog’istonga uyushtiradigan safari haqida bergan bayonotida, bu tashrif “siyosiy qo’llab-quvvatlash belgisi” ekanligini aytib o’tdi.

“Raisning tashrifi Nursulton Nazarboev prezidentlikka qayta saylangandan so’ng xorijiy davlat rahbarining Qozog’istonga birinchi tashrifi bo’ladi, bu esa Xitoy prezident Nazarboevni siyosiy qo’llab-quvvatlayotgani belgisi hisoblanadi. Shuningdek, ushbu tashrif ikki mamlakat o’rtasidagi strategik sheriklik yuqori darajada ekanligiga dalolatdir”, – dedi Chen Gopin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.