ShHT bosh kotibi Hindiston va Pokistonning tashkilotga a’zo bo’lishiga umid bildirdi

420
0

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Dmitriy Mezentsevning RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida ta’kidlashicha, tashkilotni kengaytirishning huquqiy-me’yoriy bazasi shakllantirilgan, shu bois tashkilotga yangi davlatlarning, jumladan, Hindiston va Pokistonning a’zo bo’lishi tez orada amalga oshishi mumkin.

O’tgan yili Dushanbeda bo’lib o’tgan ShHT sammitida prezident Vladimir Putin Rossiya tashkilotga raislik qilishi davrida unga bir qator yangi davlatlarni, jumladan, Hindiston va Pokistonni qo’shish bo’yicha ish olib borishini ma’lum qilgan edi.

Endilikda, Mezentsevning so’zlariga ko’ra, bu boradagi huquqiy ishlar yakuniga etgan, va yangi davlatlarni tashkilot tarkibiga qabul qilish hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. “Hindiston va Pokiston bo’yicha qaror qabul qilinishiga umid qilaman. Bu tashkilotning salohiyatini oshiradi, ShHTning mintaqadagi nufuzini kuchaytiradi hamda uning mintaqaviy va xalqaro siyosiy masalalar echimida faolroq ishtirok etishiga zamin yaratadi”, – ta’kidlab o’tdi tashkilot bosh kotibi.

Turkiston:

Rossiya, Xitoy va Xindiston tomon iqtisodiy aloqalari va sharoitlarini kengayish niyatida ekani ma’lum. Lekin bu ishni uddasidan chiqa olmayapti. To’g’rirog’i AQSh yo’l bermayapti. Yuqoridagi bayonotlari xam ana shu maqsadi sari yo’naltirilayotgan navbatdagi xarakatlaridan biri.

Rossiya, Yevropadagi ulkan bir bozorini deyarli yo’qotib borayapti. Navbatda, Markaziy Osiyodagi xom ashyo bazasini xam yo’qotib qo’yishi mumkin. Chunki O’zbekiston va Turkmanistonda faoliyat olib borayotgan Rossiyaning Gazprom kompaniyasi, bu davlatlar uchun foydali bitimlar orqali manfaatli sharoitlar yaratib berishi kerak. Aks xolda Yevropaga sota olmay qolayotgan neft va gaz tarmog’ini, boshqa manfaatliroq shartnomar taklif qilish orqali, boshqa davlatlar tortib olishlari yoki norozilik paydo qilish orqali o’z siyosiy maqsadlarida foydalanib qolishlari mumkin.

Shuning uchun Rossiya Xitoy va Xindiston bozorlariga chiqib olishni maqsad qildi. Lekin bir necha yillar mabaynida shu yo’nalishdagi xarakatlariga AQSh ochiq qarshilik qilib keladi. U Xatto Xindistonga bir necha marotaba ogoxlantirish qildi. AQSh bu ikki davlat bilan ulkan iqtisodiy va gumanitar shartnomalar imzolagan. Shuning uchun Rossiya AQShning qarshiligi ostida yoki u bilan kelishmay turib, bu yurtlarga kirib borishi qiyin. AQSh esa Rossiyaning najot topib ketishi mumkin bo’lgan bu davlatlar tomon yo’l bermoqchi emas. Buning uchun AQSh xalqaro maydondagi nufuzi sindirilishi yoki Rossiya o’zining nufuzini biroz bo’lsa xam yuqori ko’tarishi kerak.

Rossiyaning bugungi xolati, Putinning injiqliklari ostida toboro tubanlashib borayapti. Rossiya o’z tizginini Putinning qo’lidan tortib olib, o’z axvoliga rial ko’z bilan qarab, xalqaro maydondagi o’zining xaqiqiy o’rnini egallamasa, axvoli yomonlashib boraveradi. Rossiyaning bugungi o’rni, oshib borsa ikkinchi nufuzli davlatlar safida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.