Xolid Xo’ja AQShdan yordam so’radi

396
0

Suriya milliy koalitsiyasining rahbari Xolid Xo’ja AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashdi. Uchrashuvdan avval matbuot vakillariga intervyu bergan Kerri Suriyadagi vaziyat falokatli ekanligini va bu holatning davom etishiga yo’l qo’yib bo’lmasligini bildirdi. Kerrining qayd etishicha, bu holat Suriya xalqi bilan bir qatorda Turkiya, Livan va Iordaniya kabi atrofdagi davlatlarga ham katta ta’sir etadi.

AQSh davlat kotibi Suriya prezidenti Bashar Asad o’z xalqi oldida qonuniyligini yo’qotganligiga urg’u berib o’tdi.

“Shu sababli barcha tarmoqlarni o’z ichiga olgan, Suriyadagi bu dahshatli vayronani qayta tiklay oladigan, mamlakatni birlashtira oladigan va qonuniy kelajakni ta’minlaydigan bir hukumat Asad rejimining o’rnini egallashi lozim. Muammoning boshqa bir tomoni shuki, Suriya prezidenti Bashar Asad o’z manfaati uchun mamlakatni vayron qildi va mamlakatga terroristlarning (mujohidlarning) kirib kelishiga sababchi bo’ldi. Shu bois Asad o’z qonuniyligini qo’ldan boy berdi”, dedi Jon Kerri.

Suriya milliy koalitsiyasining rahbari Xolid Xo’ja ham Kerri bilan Suriyadagi harbiy va siyosiy so’nggi vaziyatni muhokama qilishini bildirdi. Xo’jaga ko’ra, shu kunlarda mujohidlar Asad kuchlaridan tortib olgan mintaqalar xafvsizligini AQSh hukumati muhofaza qilishi lozim.

“Asad kuchlarining qo’lidan ozod qilingan erlarda xavfsiz mintaqalarni vujudga keltirish uchun AQShdan yordam so’raymiz”, dedi Xolid Xo’ja.

Suriyaning kelajagida Asadga o’rin yo’qligini ta’kidlagan Xo’ja “Shu sababli Asad qo’lga olinishi va Suriya xalqiga qarshi qilgan jinoyatlari uchun sudga tortilishi lozim”, deya qayd etdi.

Shuningdek, Xolid Xo’ja mazkur uchrashuv chog’ida Suriyada inqilob boshlangan 2011 yildan buyon 3 milliard dollar qiymatida yordam taqdim qilgan Voshington hukumatiga tashakkur bildirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.