Muborak: Siyosiy Islomni hokimiyatga kelishiga yo’l bermadim

530
0

Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak prezidentlik mansabiga tayinlangan paytda siyosiy Islomning hukumatni qo’lga kiritish rejalarini puchga chiqarganligini bildirdi.

Sino mintaqasini qaytarib olish munosabati bilan “Sado-ul Balad” televizion kanali tayyorlagan teledasturda ishtirok etgan Muborak o’zining tarixda qilgan ishlari haqida biroz ma’lumot berdi.

“1981 yil 6 oktyabrda o’sha paytdagi davlat rahbari Anvar Sadat xoinona suiqasd qurboni bo’ldi. Men u vaqtda davlat rahbarining yordamchisi edim. Misr hamma erlarini qaytarib olmagan edi. O’shanda ustimda katta mas’uliyat borligini his qildim. Chunki tezda harakatga kirishib siyosiy Islomiy oqimlardan avval mamlakatda hokimiyat o’rnatish kerak edi”, “Hamdlar bo’lsinki, ularning rejalarini puchga chiqardik”, dedi Xalq qo’zg’oloni orqali qulatilgan Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak.

Qohiradagi al-Maodi shifoxonasidan turib teledasturda ishtirok etgan Muborak Misrning hozirgi holati haqida ham to’xtalib o’tdi.

“Prezient Abdulfattoh as-Sisining bilim va tajribalariga ishonaman, ammo Misr bu davrni bosib o’tishi uchun xalq ham unga yordamchi bo’lishi lozim”, dedi sibiq prezident.

Muborakning ta’kidlashicha, Misr armiyasi ham, prezident as-Sisi ham milliy xavfsizlik va vatan tuprog’ining muqaddasligi nima ekanligini yaxshi biladi. Shuning uchun xalq ham ularning orqasida turishi lolzim.

“Misrning buyuk va mehvar davlat ekanligini barcha bilishi lozim. Uni boshqarish boshqaruvchining zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Prezident mamlakat kelajagiga doir qarorlar qabul qilishi uchun xalq uning orqasida turishi lozim”, dedi Husni Muborak.

Muborak Misr milliy xavfsizligining mintaqada bo’lib o’tgan hodisalarga bog’lik ekanligini bildirar ekan, Misr bunday bir nozik davrda mintaqadagi do’stlaridan yuz o’girmasligi lozimligaga urg’u berib o’tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.