Litvaning sobiq prezidenti musulmon oilalardan ibrat olishga chaqirdi

509
0

Litva respublikasiga 8 yil (1999-2007) davomida rahbarlik qilgan sobiq prezident Vayra Vike-Fretsberga xonim zamonaviy evropacha oila modeli o’rniga oila va farzand masalasida Islom oilasining ustunligi haqida o’ylab ko’rishga chaqirdi, deb xabar qiladi «Islam v SNG» sayti.

Sobiq davlat rahbari bu haqda Sestdiena jurnaliga bergan intervyusida shunday degan: «Bizda ayollar ko’pincha ona bo’lishga qo’rqadilar, chunki o’z erlariga va ularning mas’uliyat hissiga ishonmaydilar. Ko’pxotinlik amal qiladigan jamiyalarda o’zinig barcha xotinlari va farzandlarini ta’minlash erkakning muqaddas burchidir. Bizda esa serial poligamiya (turmush o’rtog’ini muntazam almashtirib turish) hamda poliandriya (bir ayolning bir nechta erlik bo’lishi) hollari uchrab turadi. Afsuski, bizning madaniyatimizda ota o’zining oxirgi oilasidan tug’ilgan bolalar uchungina emas, balki barcha farzandlari uchun javobgardir, degan tushuncha yo’q». Uning fikricha, muammoning echimi aynan musulmon jamiyatida allaqachon topib qo’yilgan:

«Musulmon oilalarda mutlaqo boshqacha holat. Atlas tog’larida yashovchi bir berber ayol menga: «Men katta xotinman va erimga o’zim chiqisha oladigan yosh xotinni o’zim qidirib topganman. Mening sog’lig’im yaxshi emas edi (menga tug’ish mumkin emas edi), lekin erimning yangi xotinidan tug’ilgan bolasiga ovqat tayyorlashim, yosh xotinga uy ishlarini topshirib, uning bolasiga qarashdan baxtiyor edim» degan edi. Musulmonlarda er o’zining barcha xotinlari haqida g’amxo’rlik qiladi, bizda esa ajrashgan xotinning tuzukroq advokati bo’lmasa, eri uni butunlay unutib yuboradi». Bu yil 75 yoshni qarshilagan Vayra xonim islomiy hayot tarzi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’lgan – uning yoshligi Marokashda o’tgan. Vayra xonimning aytishicha, u Islom madaniy merosini yuksak qadrlaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.