Qirg’izistonning YeOIIga a’zo bo’lishi ortga surilishi mumkin

434
0

Iqtisod vaziri Temir Sarievning ma’lum qilishicha, Qirg’izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga to’laqonli a’zo bo’lib kirish muddati ortga surilishi mumkin.

“Birinchisi, qirg’iz-xitoy texnik-iqtisodiy shartnomasi. Bu bo’yicha biz xitoylardan yo’llar, GESlar qurishga, yuqori kuchlanishli elektr simlarini tortish uchun pul olganmiz. Biz shu tomonlama engillik bo’lishini xohlaymiz. Ikkinchisi, fitosanitar nazorat tizimi. Hech bo’lmaganda uni o’zimiz bilishimiz kerak. Shu sababli hujjatlarga qo’l qo’yish kechikib ketmoqda. Hujjatlar tayyor bo’lmasa sheriklarimiz – Rossiya, Belarus, Armaniston va Qozog’iston uni ratifikatsiya qilishga ulgurmay qolishlari mumkin”, – dedi Temir Sariev.

Temir Sariev ayni vaqtda bu masala bo’yicha muzokaralar olib borilayotgani va 8 mayga qadar barcha hujjatlarning imzolashga ulgurish uchun harakat qilinayotganini bildirdi.

Ma’lumki, 2014 yilning 23 dekabr kuni Moskva shahrida Qirg’izistonni Bojxona ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo’shilishi bo’yicha kelishuv imzolangan va Qirg’izistonning boj tolovlaridan oladigan ulishi 1,9 foiz qilib belgilangan edi. Kelishuv 2015 yilning 1 mayidan kuchga kirishi va bu vaqtga qadar barcha kelishuvlar ratifikatsiya qilinsa chegaralar 9 may kuni ochilishi belgilab qo’yilgan edi.

Turkiston:

Qirg’iziston, Rossiya bilan AQSh davlatlarining giosiyosiy va strategik manfaatlari o’rtasida, o’ta qiyin va qaltis xolatda qolib borayapti. Qirg’iz xukumatining o’ziga qolsa, Qirg’izistonni Yevrozesga qo’shib olar edi. Lekin tarozining ikkinchi pallasi bo’lib turgan AQSh davlati, oxirgi kunlarda Qirg’iz xalqini xam xukumatini xam xavotirga soladigan bir qancha xarakatlar olib bora boshladi. Ularning asosiy maqsadlaridan biri, Qirg’izistonni Yevoosiyo ittifoqiga qo’shilishiga qarshilik qilish ekanini ular xatto yashirishayotganlari xam yo’q. Aks xolda, Qirg’izistonda rangli revolyutsiya uyushtirilishi mumkin degan xavotirlar paydo qilishayapti.

Rangli revolyutsiyalar xavfi, nafaqat Qirg’izistonni, balki Rossiyani xam xavotirga solmay qo’ymaydi. Chunki ilgarigi ikki marotaba uyushtirilgan davlat almashtirish to’palonlaridan farqli bu rangli revolyutsiya, Qirg’izistondan Rossiyaning ta’sirini mutloq chetga uloqtirib yuboradi. Xuddi Ukraina yoki Gruziyada ro’y berganni kabi. Yana bu safar kutilayotgan inqilob, ilgarigi Rossiya uyushtirganidan ko’ra konliroq bo’ladi. Chunki bu inqilob, Qirg’izistonni bir mustamlakachi katta davlatdan ikkinchisiga o’tib ketishi bo’lib, ularning xar ikkisi o’z maksadlari sari bizlarning yurtlarimizda kuchli xarakat olib borishadi.

Shuning uchun, bosh va’zir O’torbaevni o’z xoxishi bilan iste’foga chiqishi ortidan uyushtirilayotgan maxsus amaliyot, Qirg’izistonning mavjud vaziyatdan chiqib olishi uchun imkoniyat izlayotganidan kelib chiqqan albatta. Lekin Rossiya buni qanday qabul qilishi noma’lum. Rossiya vaziyatga sog’lom aql bilan baxo bera oladimi yoki o’z manfaatlariga Qirg’izistonni yurgizish uchun, Qirg’izizlar manfaatiga tupurdim degandek muomila qiladimi, vaqt ko’rsatadi. Rossiya ushbu ikki pozitsiyaning qay birini tanlaganini, uning Qirg’iziston bilan olib boradigan keyingi muomilalaridan anglab olish mumkin bo’ladi. Qirg’iziston mavjud vaziyatlardan bir amallab chiqib olish xaqida qattiq qayg’urib, palaman partish xarakat olib borayapti. Bu, xalqaro siyosatchi davlatlar ta’ziyqlaridan, faqat vaqtinchalik tanaffus qilib turish uchun uyushtirilgan uslublar albatta. Qirg’iz davlati, umumiy yo’nalishlar, uzoq strotegik loixalar xaqida fikrlashdan uzulib qolishgan. Ular xozirda paydo bo’lib qolgan, “Yevroosiyo, Qumtor, Ipak yo’li” kabi bir qancha loixalar, kimni va qay darajada ranjitishi mumkin deb fikrlay olishadi xalos. Bu loixalardan Qirg’iziston va Qirg’iz xalqi uchun qanday manfaat yoki zararlar bor deb fikrlab, ularning qay biriga qanday muomila qilishda o’z manfaatlarimizni asos qila olishmaydi.

Vaziyatlar keskinlashib borayotgani sari, xalq tomonidan kutilayotgan norozilik kayfiyatlarini bosib qolishni, xukumat o’zi uchun asosiy muammo deb belgilab oladi. Shuning uchun xokimiyat, asosiy quvvat va xalqaro kuchlar tomonidan eng zaif qo’llovga olinayotgan Islom va musulmonlarga qarshi, sun’iy vaximalar paydo qilib qalbaki kurashni avj oldiradi. Yodingizda bo’lsa, Akaev xam Bakiev xam o’z xokimiyatining oxirgi vaqtlarida xalqaro kuchlar ta’siri ostida qolganlarida, xuddi shu uslubdan foydalanishib, Islom va Musulmonlarga qarshi taziyqlarni kuchaytirib zulm qilishgan edilar. Lekin bu uslub ularni qutqarib qola olgan emas. Qirg’iz davlati Islom va Musulmonlarga to’ngashga urunayotgan muammolar, aslida AQSh bilan Rossiya o’rtasidagi bir biriga qarama qarshi manfaatlaridan kelib chiqqan. Lekin Qirg’iz xokimiyati buni oshkor qilishdan qo’rqadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.