Rossiyada Hizb yigitlariga zulm davom etmoqda

386
0

Rossiyada fikriy va siyosiy faoliyat olib borish bilan tanilgan Hizb-ut Tahrir uyushmasiga nisbatan hukumat tarafidan bosimlar kundan kunga ortib bormoqda. Rossiya milliy xavfsizlik kuchlari Hizb-ut Tahrir uyushmasiga a’zo yigitlarning uylariga bostirib kirib, kuch ishlatish yo’li bilan noqonuniy ravishda qamoqqa olmoqda.

Qo’llariga kishan solingan yosh musulmon yigitlarni oilalari va farzandlari ko’zi o’ngida kamsitish va haqorat qilish huquq tartibot organlarining odatiga aylangan. Turmush o’rtoqlarining xo’rlanganligiga chidab tura olmagan muslima ayollar esa xukumatga nisbatan o’z nafratini izhor qilar ekan, hukumat bunday g’alamis ishlari bilan musulmonlarni qo’rqita olmasligini ta’kidlaydi.

“Men aniq bilamanki, Hizb-ut Tahrirga a’zo bo’lgan turmush o’rtog’im va birodarlarimiz kuchli va sabrli insonlardir. Allohning izni ila barcha qiyinchiliklarni engib o’tishadi va biz albatta zafar qozonamiz”, deydi qamoqqa olingan yigitlardan birining turmush o’rtog’i.

Hukumat kuchlari musulmon yigitlarni zo’ravonlik bilan qamoqqa olgani etmagandek, ular haqida jamoatchilikka yolg’on ma’lumotlar tarqatmoqda. Axborot vositalari orqali “Terrorchi guruh Hizb-ut Tahrir uyushmasiga mansub jangarilarning uylari tintuv qilingan paytdada qurol-aslaha va o’q-dorilar topildi”, degan yolg’on xabarlar tarqatilib, Hizb-ut Tahrir uyushmasini yomon otliq qilish uchun tashviqot olib borilmoqda.

Muslimalarning bildirishicha, Rossiya huquq tartibor organlari qamoqqa olingan Hizb-ut Tahrir yigitlarining ayollariga “Agar bu ishni davom ettirsangiz sizning ham oqibatingiz turmush o’rtoqlaringizning oqibati kabi bo’ladi”, deya tahdid qilishmoqda.

Yolg’on tuhmatlar bilan qamoqqa olingan musulmon yigitlar mahkamaga chiqarilib nohaq ayblovlar bilan sud qilinadi. Asos solingan kundan tortib bugunga qadar moddiy faoliyatga qo’l urmagan Hizb-ut Tahrir uyushmasining a’zolari “Terrorchi guruhga a’zo bo’lish va unga targ’ib qilish”da ayblanib 3 yil qamoq jazosi va 50 ming rubl jarima to’lash jazosiga hukm qilingan holatlari kuzatildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.