Ayol kishining oyoqlari (to’pig’idan pasti) ochiq holda namoz o’qishi mumkinmi?

576
0

question-mark (1)

 

Hizbut Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan

Ayol kishining oyoqlari (to’pig’idan pasti) ochiq holda namoz o’qishi to’g’risida Abu Huzayfaning bergan savoliga javob

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Ayol kishining oyoqlari (to’pig’idan pasti) ochiq holda namoz o’qishi joizmi?

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh!

Avratni yopish namozning durust bo’lishi shartlaridan biri, avrat yopilmasa, namoz durust bo’lmaydi. Bu borada erkak ham, ayol ham barobar, namozni odamlar oldida o’qish yo yolg’iz holda o’qishning farqi yo’q, namozxon avratini albatta yopishi kerak. Bunga dalil Ibn Umar t Nabiy Adan rivoyat qilgan hadis, ul zot bunday dedilar:

«إِذَا صَلَّى أَحَدُكُمْ فَلْيَتَّزِرْ وَلْيَرْتَدِ»

«Agar birortangiz namoz o’qisa (avratini) o’rab berkitib olsin» (Ibn Hibbon, Ahmad, Bayhaqiy va Tahoviy rivoyat qilgan). Oisha I rivoyat qiladi, Nabiy A bunday dedilar:

«لاَ يَقبَلُ اللَّهُ صَلاَةَ حَائِضٍ إلاَّ بِخِمَارٍ»

«Alloh hayz yoshidagi ayolning namozini ro’molsiz qabul qilmaydi» (Ibn Moja, Ahmad, Abu Dovud va Ibn Hibbon rivoyat qilgan).

Ayolning avrati – yuzi va kaftlaridan tashqari – butun tanasidir. Bunga quyidagilar dalil:

Ibn Abu Shayba o’z «Musannaf»ida Ibn Abbosdan rivoyat qiladi: «Alloh Taoloning

«…Va ko’rinib turganlaridan boshqa ziynat (o’rin)larini ko’rsatmasinlar» [Nur 31] degan kalomidagi ko’rinib turganlari ayolning yuzi va kaftlaridir». Bayhaqiy «Odob»da rivoyat qiladi: «Alloh Azza va Jalla dedi:

«…Va ko’rinib turganlaridan boshqa ziynat (o’rin)larini ko’rsatmasinlar» [Nur 31]

Shofeiy ]: U ayolning yuzi va kaftlaridir, bizga bunday ma’no Oisha, Ibn Abbos va Ibn Umardan rivoyat qilindi, dedi».

Abu Dovud «Marosil»ida Qatodadan rivoyat qiladi, Rosululloh A bunday dedilar:

«إِنَّ الْجَارِيَةَ إِذَا حَاضَتْ لَمْ يَصْلُحْ أَنْ يُرَى مِنْهَا إِلَّا وَجْهُهَا وَيَدَاهَا إِلَى الْمَفْصِلِ«

«Ayol kishi hayz yoshiga etgach, uning yuzi va bo’g’inlarigacha bo’lgan ikki qo’lidan boshqasi ko’rinishi yaxshi emas».

Ushbu dalillardan tushunilishicha, ayolning yuzi va kaftidan boshqa butun tanasi avrat bo’lib, oyoqlari (to’pig’idan pasti) ham avratdir. Buni Rosululloh Aning Ummu Salama to’g’risida aytgan hadislari ham tasdiqlaydi: Ummu Salama Nabiy Adan: ayol kishi ko’ylak va ro’mol bilan, lozimsiz holda namoz o’qisa bo’ladimi? – deb so’radi. Shunda ul zot bunday dedilar:

«إِذَا كَانَ الدِّرْعُ سَابِغًا يُغَطِّي ظُهُورَ قَدَمَيْهَا»

«Agar ko’ylagi oyoqlari (to’pig’idan pasti)ni o’rab turadigan darajada uzun bo’lsa (mumkin)». Hokim rivoyat qilgan va: «Bu hadis Buxoriyning shartiga ko’ra sahihdir, uni Buxoriy va Muslim rivoyat qilmagan», dedi. Zahabiy Talxisda «Buxoriy shartiga ko’ra sahih» dedi.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

6 zul-hijja 1434h

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.