Avtohalokatda qurbon bo’lganlarning oila a’zolariga ta’ziya

430
0

“Novosti-Kazaxstan” agentligi Qozog’istonning Jambul viloyati Mo’yinqum tumanida yakshanba kuni ertalab yuk avtomobili va mikroavtobus to’qnashib ketishi oqibatida halok bo’lganlar soni 16 kishiga etgani haqida xabar berdi.

Halokat Olma ota – Yekaterinburg yo’lining 487-kilometrida yuz bergan bo’lib, “Gazel-2705” rusumli yuk mashinasi Bishkekdan Shimoliy Qozog’istonga ketayotgan “Mersedes-Bens Sprinter” mikroavtobusi bilan to’qnashib ketgan. Avtomobillarda 19 kishi bo’lgan. Transport xodisasi oqibatida avtomobil yonib ketgan. Voqea joyidan 14 kishining kuygan jasadi topilgan (“Gazel” haydovchisi va 13 yo’lovchining, ulardan 3 nafari bolalar). Mikroavtobusdagi bir yo’lovchi jarohat tufayli shifoxonada vafot etgan. Halok bo’lganlarning 15 nafari Qirg’iziston va 1 nafari Qozog’iston fuqarolaridir.

Dushanba kuni avtohalokatda qurbon bo’lganlarning ism familiyalari OAVlar orqali ma’lum qilindi, halok bo’lganlar:

1) O’rinbaev Abbos, 2008 yili tug’ilgan;

2) O’rinbaev Abroriddin, 2006 y.t.;

3) O’rinbaeva Xadichaxon, 2003 y.t.;

4) O’rinbaeva Gavxaroy, 1981 y.t.;

5) O’rinbaeva Mavjuda Hamidovna, 1953 y.t.;

6) Ariskulov Yerlan, 1992 y.t.

7) Amiraev Maxamadjan, 1974 y.t., Batken viloyati.

8) Sartmambetov Mukambet Seydalievich, 1982 y.t., O’sh viloyati.

9) Erashiev Abdisamat Toktasinovich, 1974 y.t.

10) Saykoev Maksatbek, 1985 y.t. (shifoxonada vafot etgan); O’sh viloyati. “Mercedes-Benz Sprinter” haydovchisi:

11) Djurabaev Baxtiyar, 1987 y.t., O’sh shahri.

12) Abdullaev Jirgalbek, 07.01.83 y.t. O’sh viloyati.

Halok bo’lgan yana uch kishining shaxsi aniqlanmoqda.

Turli darajada jarohat olgan Mayrambek o’g’li Samat 1993 y.t. va Seyitbekov Tayirbek 1971 y.t. Qarag’anda viloyatining Priozyorsk shifoxonasiga, Batken viloyati turg’uni, 1993 yili tug’ilgan Darbeshov Rustambek va Jalolobod viloyatidan, 1993 yilda tug’ilgan Toktarboev Temirlan Jambul viloyati Balxash shahar shifoxonasiga yotqizilgan.

Biz, Turkiston sayti xodimlari Qirg’izistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir a’zolari nomidan Rahimli Alloh mazkur avtohalokatda halok bo’lgan vatandoshlarimizning Oxiratlarini obod qilishini, ularni O’z jannatlari bilan rizqlantirishini so’rab, ularning oila a’zolari va yaqinlariga o’z ta’ziya va hamdardligimizni izhor qilamiz. Ularga Allohdan sabru jamil, ajru ajim tilagan holda jarohatlanganlarni tez kunda sihat topib, o’z yaqinlari bag’riga qaytishini tilab qolamiz.

 الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُم مُّصِيبَةٌ قَالُواْ إِنَّا لِلّهِ وَإِنَّـا إِلَيْهِ رَاجِعونَ

“Ular musibat etganda: “Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, derlar”. (Baqara. 156)

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.