Qirol Salmon Ko’rfaz davlatari vakillari bilan uchrashdi

576
0

Saudiya arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Yamanda yuz bergan oxirgi hodisalar yuzasidan Ko’rfaz davlatlarining yuqori darajali mas’ullari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Saudiya Arabistonining “SPA” rasmiy axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Bahrayn valiahd shaxzodasi va bosh vazir yordamchisi Salmon bin Hamid al-Xalifa, Abu-Dabi valiahd shaxzodasi shayx Muhammad bin Zoyid al-Nahyan, Qatar bosh vaziri va ichki ishlar vaziri shayx Abdulloh bin Nosir as-Soni, Quvayt bosh vazirining yordamchisi va ichki ishar vaziri shayx Muhammad al-Xolid as-Sabani mintaqada kechgan hodisalar, xususan Yamanda yuz bergan oxirgi o’zgarishlarni muhokama qilish uchun Saudiyaga tashrif buyurgan. Qirol Salmon mehmonlarni poytaxt Riyozdagi saroyida qabul qildi.

Ko’rfaz davlatlarining vakillari Yamanda yuz bergan hodisalar haqida o’z xavotirlarini bildirdi. Vakillarga ko’ra, Yaman vahimali natijalarni keltirib chiqaradigan shaklda qorong’u bir tunnelga qarab ketmoqda. Ular bunday vaziyatda mintaqaning xavfsizligi va barqarorligiga putur etishidan ogohlantirishdi.

Yamanda qonuniy prezident bo’lgan Abdurrobbi Mansur Hodiyni dastaklash borasida hamfikr ekanliklarini bayon qilgan vakillar qardosh Yaman xalqi uchun xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida bor kuchlari bilan harakat qilishga tayyor ekanliklarini qayd etishdi.

Uchrashuv chog’ida Ko’rfaz davlatlarining xavfsizligi Yamanning xavfsizligiga chambarchas bog’liq ekanligi urg’ulandi. Xususan prezident Hodiyning mamlakat xavfsizligi va barqarorligini muhofaza qilishni istagan barcha taraflarning ishtiroki ila Ko’rfaz davlatlari hamkorligi nazorati ostida Riyozda yig’ilish tashkil qilish haqidagi talabining darhol qabul qilinishi yuqori baholandi.

Birlashgan arab amirliklari, Qatar, Quvayt va Bahrayndan tashrif buyurgan yuqori darajali mas’ullardan tuzilgan hay’atning ziyorati qachongacha davom etishi haqida xabar mavjud emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.