Kuch strukturalari o’z zo’rovonliklari bilan Jalolobod oblastida davom etishmoqda

405
0

Bugun 23 mart kuni, Qirg’iziston Jalalobod oblastining suzoq rayoni fuqorolaridan, xozirgacha bizga kelgan ma’lumotlarga ko’ra 5 kishining uylarida tintuv o’tkazilgan. Amaliyotni GKNB va IIM xodimlari xamkorlikda olib borishgan. Ushbu xamkor amaliyot, to’la qurollangan speznaz va xatto itlar vositasida olib borilgan.

Arzimagan bu profilaktik amaliyotning bu qadar vaximali suratda ertalar saxar olib borilishi. Musulmon fuqorolarni doimiy qo’rquvda ushlab turish va terrorizmni oldini olish uchun olinayotgan mablag’larga, kufr donor davlatlari oldida xisobot berishni maqsad qilishgan.

Qamoqqa olinganlar ichida 64 yoshdagi Ismoil o’g’li Isroil birodarimiz xam bor. Bu inson ilgari Akaevning davrida qamoqqa olingan. Qamoqda, xozirgi deputat, “Ar namis” partiyasi va fraksiyasi boshlig’i Feliks Kulov bilan birga o’tirgan va u kishini da’vat qilib bir biri bilan do’st tutinishgan. Shundan keyin bu kishi Ismoil da’vat nomi bilan mashxur bo’lib ketgan edi.

Akaev taxtni tashlab qochdi. Kulov va boshqa minlagan odamlar ozodlikka chiqdi. Kulov kabi o’sha vaqtdagi maxbuslarning ko’plari xozir xokimiyatni boshqarishyapti. Lekin xuddi Kulov singari Akaev rejimi tomonidan mazlum bo’lib u bilan bir vaqtda birga qamoqda o’tirgan Ismoil da’vat yana qamaldi.

Kulov bilan uchrashishidan ilgari bu kishi Jalalaboddagi usilinniy rejimi ostidagi lagerda bir yil atrofida ushlab turilgan. Bir yil mobaynida u erda da’vat ishlarini olib borib, 700 kishini namoz o’qita boshlagan. Turma boshqarmasi masjid qurishlariga ruxsat berishga majbur bo’lgan. Shu bilan bu zonada masjid qurilib xozirgacha musulmonlar bilan to’la. Shunda bu kishini bir baxona bilan Bishkek tomondagi boshqa zonaga jidirib yuborishadi. U erda u Kulov bilan uchrashib qoladi. Kulov xozir balki bu sofdil, sodda va ochiqko’ngil odamdan tonib yuborar. Lekin xaqiqat , tarix bo’lib qolaveradi. Kulov kabilar esa, yaqinda zamonlar o’zgarishi bilan tarixdagi Ismoil da’vat bilan bo’lgan bu uchrashuvdan faxrlanib, balki kitoblar yozishadi.

Uylarida tintuv o’tkazilgan birodarlarning ro’yxati.

Mamataliev Nabidin Xoshimjonovch 1983 y

Karimkulov Yaxyoyitdin Abdurasulovich1979 y

Xolmatov Sharobiddin Abdukaxorovich 1986 y

Toshtemirov Marufjon Xojimatovich 1974 y

Ismoil ugli Isroil 1954 y

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.