Daniyada Hizb-ut Taxrirning ta’qiqlanishi muhokama qilinmoqda

414
0

Dunyoning bir qancha joylarida Islomiy hayotni qayta boshlash uchun foliyat olib borayotgan Hizb-ut Tahrir uyushmasiga nisbatan qo’llanayotgan zulmlarga har kun yangi yangilari qo’shilib bormoqda. Rosululloh s.a.v.ning tariqatlariga ergashganligi bois da’vat asnosida moddiy harakatga qo’l urishdan o’zini tiyib, faqat fikriy va siyosiy uslublarni qo’llab kelayotgan Hizb-ut Tahrirning faoliyatini ta’qiqlash xabari bu gal Daniyadan keldi.

O’zingizga ma’lum, Daniyada Hizb-ut Taxrir yigitlari turli uslublardan foydalanib Islomiy da’vatni davom ettirib kelmoqda. Hizb-ut Taxrir faoliyatlaridan tinchini yo’qotgan va uni o’zlari uchun tahdid deb bilgan Daniya adliya vaziri Mette Fredirksen bergan bayonotida “Mening fikrimcha, bu uyushmani beli sindirilishi lozim”, deya Hizb-ut Taxrirni Daniyada ta’qiqlash lozimligini o’rtaga qo’ydi.

Bu borada Hizb-ut Taxrir – Skandinaviya matbuot bo’limi bayonot chiqarib, Hizb-ut Taxrirni Daniyada ta’qiqlanishi haqida o’zining munosabatini bildirdi.

“Aslini olganda to’siqlar qo’yish va kuch ishlatish bilan fikrlar yoyilishining oldini olib bo’lmaydi. Bizning pozitsiyamiz aniq va barqarordir. Biz faoliyat yuritayotgan har bir davlatda Hizb fikrlarini dastaklaganlar kundan kunga ortib bormoqda. Hizb-ut Taxrirning faoliyatiga to’siq qo’yilishi yoki qo’yilmasligi biz uchun muhim emas. Biz ko’tarib chiqayotgan fikrlarimizning to’g’ri ekanligiga hech shubhamiz yo’q. Shu bois har qanday holatda ham bu fikrlarga da’vat qilishni davom ettiraveramiz”, deyiladi jumladan Hizb-ut Taxrir – Skandinaviya tarafidan chiqarilgan bayonotda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.