Qozog’iston hukumati namozxon o’quvchilar ko’payishidan “tashvishda”

548
0

Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboev 24 fevral kuni bo’lib o’tgan Xavfsizlik kengashi yig’ilishida tegishli organlarga mamlakatda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish vazifasini topshirgan va kerakli choralarni ko’rish zarurligini belgilab o’tgan edi.

Nazarboevning bu chiqishi ortidan Qozog’iston hukumati o’quvchilarning masjidlarga namoz o’qishga borishi tufayli darslarni qoldirayotganlaridan “tashvish” bildirdi. Bu orqali rasmiy hukumat kuch organlariga “ekstermizm”ga qarshi kurashda qaysi yo’ldan borish zarurligini belgilab berdi.

Qozog’iston Madaniyat va sport vazirligining diniy ishlar bo’yicha qo’mitasiga ko’ra, bunday holat ayniqsa Qizilo’rda viloyati maktablarida keng uchramoqda.

“Albatta, davlat dindor oilalarning bolalari tarbiyasiga ta’sir ko’rsatish fikridan yiroq. Biroq hech kim diniy huquqlarini ro’kach qilib o’zidagi majburiyatlarni bajarishdan voz kechishi mumkin emas”, – deyiladi qo’mita murojaatida.

Rasmiy idoralar shuningdek darslarni muntazam qoldirayotgan o’quvchilarning ota-onalariga ham murojaat qilib, bolaning o’rta ma’lumot olishi uchun ota-ona mas’ul ekanini ta’kidlaydi. Bu nafaqat davlat qonunlariga binoan, balki diniy tartiblar bo’yicha ham shunday qaralishi to’g’ridir, deb aytadi qozoq rasmiylari.

Bundan avval Qozog’iston hukumati mamlakat hududida ekatremistik guruhlarning faollashganini bahona qilib o’quvchi qizlarning maktabga ro’mol o’rab kelishini taqiqlagan bo’lsa, keyinchalik musulmon erkaklarning saqol qo’yishiga to’siq qo’ydi.

Shuningdek, rasmiy hukumat davlat ishxonlarida xodimlarning namoz o’qishini taqiqlashga urinib ko’rgan, biroq bu tashabbus ko’pchilik tomonidan quvvatlanmagan edi.

Markaziy Osiyoda joylashgan respublikalar rahbarlari o’z mustabid rejimlarini o’rnatish va mustaxkamlash yo’lida “islomiy xavf”, “terrorizmga qarshi kurash” hamda Islom va musulmonlardan vahimaga solish qurolidan unumli foydalanib kelishmoqda.

O’zbekiston prezidenti Islom Karimov 1999 yil 16 fevral, 2004 yilning mart va aprelida uyushtirilgan Toshkent va Buxoro xodisalari, shu yilning 30 iyul kuni O’zbekiston Bosh prokurorligi, AKSh va Isroilning O’zbekistondagi elchixonalari oldidagi portlashlar hamda 2005 yil 13 may Andijon qirg’ini ortidan nafaqat islomiy harakatlar, balki dunyoviy muxolifatni ham siyosat maydonidan surib chiqarish uchun mustaxkam zamin hozirlab olgan edi.

Huddi Karimov kabi Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboev ham 2011 yilning may va noyabr oylarida “sodir etilgan” portlashlar ortidan Islom va musulmonlarni ta’qib va tazyiqqa olishni boshlab yuborgan edi va uning bu zulmlari yil sayin kuchayib bormoqda.

Turkiston:

Musulmon birodarlar, bizlar qaerda va qanday lovozim yoki mansab egasi bo’lmaylik, xammamiz Olloxning qo’l ostidamiz! U zot bizlarni rizqlantiradi, o’zimiz va bolalarimizga umr va salomatlik beradi! Xoxlasa shularning xammasini bir zumda olib qo’yadi! Ollox o’zining Raxmon sifati bilan, fosiqligimizni, osiyligimizni, joxilliklarimizni, xatto o’zini inkor qilib, uning kitobini va Payg’ambarini taxqirlayotgan kofirlarni bilgan xolida, vaqtincha bo’lsa xam o’zining Sobir sifati bilan ularni xam bizlardek barcha ne’matlari bilan ta’minlab keladi! O’ylab ko’raylik! Xaddimizdan oshib ketmayapmizmi?! Olloxning qaxri Abama yoki Putinning qaxridan kuchli emasmi?! Yoki bizlar xar bir narsani Olloxning marxamatidan yoki iltifotidan tashqarida o’zimiz qo’lga kiritib kelayapmizmi?! Tilimizda xamma narsa olloxdan deb unga shukr keltirgan xolimizda, amallarimizda uning itoatkor mo”min va Musulmon bandalarini uning ibodatlaridan to’sishga xarakat qilsak! Mayli dunyo ostin ustin bo’lib ketsin, kufr olami bizlarni shu muammo bilan qo’rqitayapti. Biz Musulmonmizku! Xar birimiz Olloxning qo’lidamiz va albatta uning xuzuriga qaytamizku! U erda Nazarboev yoki undanda kuchliroq biror inson zoti bizlarni Olloxning g’azabidan saqlay oladimi?! Biz xar bir o’zini Musulmon sanagan nufuz egalariga murojaat qilmoqchimiz. Kufrga olib boruvchi xukm va buyruqlarga itoa’t qilmang. Faqat shunda sizlar uchun najot bor. Negaki sizlarni shu kufr jarligi tomon tortib borayotgan, xaddidan oshib borayotgan shaxslar, sizlarning xar narsaga tayyor ekanliklaringizdan foydalanishmoqda. Ular yaqinda sizlarga biz Islomga emas, faqat terrorist va ekstremistlargagina qarshilik qilamiz deb uqtirishgan edi. Bugun qarang, ochiq Islomga qarshi sizlarni turtishmoqda. Nazarbaev, Islom va musulmonlar xaqida yaxshi fikrlar xam aytganini eshitgan edik. Lekin xozir dunyoda eng yoshi ulug’ prizidentlardan bo’la turib, o’zining arzimas kreslosini ushlab qolish maqsadida juda katta xatolar qilib kelmoqda. U xatto Yeltsin singari, o’z manfaatlarini o’ylab taxtidan voz kechib yubora olmadi. Yoki Qozoq siyosiy elitasi unga shu imkoniyatni bermayapti. O’zlaringga va bir birlaringga zulm qilmanglar! Arzimas dunyo manfaati uchun, vaqtinchalik mansablaringga ishonib, shu dunyo va oxirat azoblariga giriftor bo’lib qolmanglar!

Assalamu alaykum

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.