Rossiya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 35 million doza vaktsina etkazib beradi

294
0

Rossiya O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 35 million doza vaktsina etkazib beradi

 Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RTIF) va LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistonga 35 million doza “Sputnik V” vaktsinasini etkazib berish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda fond matbuot xizmatiga tayanib, “RBK” xabar berdi.

 “O‘zbekistondagi nazorat organlari tomonidan ruxsat berilgach, 2020 yilda respublikaga 10 million dozagacha, 2021 yilda esa yana 25 million doza vaktsina etkazib berilishi mumkin”, – deyiladi RTIF matbuot xizmati axborotida.

 Izoh: Rossiyaning Gamaleya instituti tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi ikki komponentli vaktsina 11 avgust kuni vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini olgan. Vaktsina to‘liq samaradorlik tadqiqotini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va guvohnoma 2021 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.

 Dunyodagi sog‘liqni saqlash sohasi olimlari va tibbiyot mutaxassislari Rossiyada ishlab chiqarilgan vaktsinaga nisbatan ishonchsizlik bildirayotgan bir vaqtda O‘zbekiston hukumati Rossiyadan butun O‘zbekiston aholisi uchun etadigan dozada vaktsina sotib olish bo‘yicha kelishiv imzolashi hukumat, xususan prezident Mirziyoev uchun xalq sog‘ligidan ko‘ra o‘z kursisi afzal ekanligiga dalolat qiladi. Rus vaktsinasi xali to‘lik tekshiruvdan o‘tmay, koronavirusga qarshi samaraligi isbotlanmay turib butun xalqni emlash uchun etadigan darajada vaktsina olish bo‘yicha kelishuvga erishilishi bundan boshqa gumonga olib bormaydi. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ham “Birinchi radio”ga bergan intervьyusida, Qirg‘izistonga Rossiya vaktsinasini olib kelish “juda ham muhim”ligini ta’kidlab o‘tgan edi. Bu esa Rossiya Markaziy Osiyodagi bozorini yo‘qotmaslik uchun shoshlinch choralar ko‘rayotgani va o‘ziga tobe bo‘lgan prezidentlarga bosim o‘tkazayotganini anglash mumkin. mustamlakachi kofirlar koronivirus pandemiyasini ham moddiy boylik orttirish vositasiga aylantirib bo‘lishdi. Bizning malay hokimlar bo‘lsa ularni rozi qilish uchun har narsaga, hatto o‘z xalqi salomatligini xatarga qo‘yishga ham tayyordirlar.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.