Hizb ut-Tahrir yigitlarini navbatdagi qo’lga olinishi

498
0

Issiqko’l viloyati IIB matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib “K-News” axborot xizmatining 10 fevral kuni tarqatgan xabariga ko’ra, “Militsiya xodimlari Akterek qishlog’ida yashovchi to’rt nafar Hizb ut-Tahrir a’zosini qo’lga olgan. Qo’lga olinganlar 44 yoshli Talantbek T., 43 yoshli Almazbek A., 45 yoshli Akilbek K. Va 38 yoshli Nazir J. lardir. Qo’lga olinganlardan 14 kitob, 42 varaqa, 9 yozuv daftari, Hizb ut-Tahrir ekstremistik tashkiloti g’oyalarini targ’ib qiluvchi 4ta DVD disklar hamda tegishli hujjati bo’lmagan “IJ-17” o’qotar quroli olingan. Mazkur holatbo’yicha qo’lga kiritilgan materialar huquqiy baho berish uchun Issiqko’l viloyati bo’yicha Milliy xavfsizlik davlat qo’mitasiga jo’natilgan”

Qirg’iziston hukumatining Hizb ut-Tahrir islomiy siyosiy partiyasi a’zolariga nisbatan bo’lgan salbiy munosabati hukumatning Islom va musulmonlarga ochiq dushman ekanligiga dalolat qiladi. Bu hukumat mamlakat boshqaruv tizginini o’z qo’lida saqlab qolish maqsadida muxolifat kuchlari bilan har turdagi raqobat, firibgarlik va korruptsiya botqog’iga botib bo’ldi.

Bu hukumat vakillari Allohdan qo’rqmay odamlarni aldab mamlakatning tabiiy boyliklarini talon-taroj qilmoqda, odamlar farovonligi haqida qayg’urish o’niga xalqni g’am va musibat chuquriga itarmoqda. Hukumat xalq muammosini qanday xal etish to’g’risida o’ylamaydi, balki ularni odamlar ustidan boshqaruvchi qilib qo’ygan o’z xo’jayinlarini qanday qilib rozi qilish to’g’risida o’ylaydi. Yosh avlodni zararli dunyoviylik mafkurasi bilan tarbiyalab, yoshlar orasida atayin alkogol va narkotikka bog’liqlikni kuchaytirish orqali itoatkor va ojiz qullarni yaratmoqda. Har yili mamlakatda turli xil maishiy nizolar, narkotik moddalar iste’moli va spirtli ichimlik ta’siri ostida avtoxalokatlar uchrash orqali minglab obamlar xalok bo’lmoqda.

Qachonki, xalq ichidan chiqqan odamlar hukumatning yomonligi va malomatidan qo’rqmay hukumat yuziga haqiqatni ochiq aytsalar, bu hukumat halol va xalqning eng sara vakillarini jinoyatda ayblaydi. Hizb a’zolari Islomga chaqirish orqali, shaxs muammolarini Islom asosidagi echimini berishadi. Islom inson hayoti, jamiyat va davlat uchun yaroqli tuzum bo’lib, odamning hayotida yuzaga keladigan har qanday muammoga echim beradi.

Hizb ut-Tahrir a’zolari Qirg’iziston xalqining munosib vakillari, o’z farzandlarining g’amxo’r ota va onalar bo’lib, o’z Yaratuvchilari roziligiga erishishga yo’lida odamlar uchun najot nuri – Islomni ko’tarib chiqmoqdalar. Xalqqa begona bo’lgan dunyoviylik va millatchilik g’oyalaridan odamlarni qutqarish uchun harakat yigitlari odamlarni Islom diniga asoslangan Hizb dasturlari bilan tarbiyalab, musulmonlarning sog’lom vakillarini etishtirib chiqarishga intilmoqdalar. Hizb da’vatlarini eshitgan odamlar muammoni echimi Islomda ekanligini anglab etmoqda va yanada ko’proq Hizb g’oyalariga intilmoqdalar.

Bu haqiqat amaldagi hukumatning g’azabini qo’zg’atmoqda. O’z jinoyatlarini oqlash uchun hukumat terrorist obrazini o’ylab topdi, bu – Islom va musumonlardir. Hizbning asl a’zolarini qamash va ayblash orqali rasmiy hukumat Hizb ut-Tahrir da’vatini to’xtatishga urinmoqda. Hizb ut-Tahrir payg’ambarlik minhoji asosidagi islomiy hayotni qayta boshlash yo’lida fikriy va siyosiy kurash olib boradi va Allohning izni bilan o’z yo’lidagi har qanday to’siqlarga qaramay bu da’vat o’z maqsadiga erishadi.

Alloh Taolo aytadi:

 “Ular Allohning nurini (ya’ni, Islomni) og’izlari (ya’ni, bexuda gaplari) bilan o’chirmoqchi bo’ladilar. Alloh esa, garchi (kofirlar) xohlamasalar-da, faqat O’z nurini to’la (ya’ni, har tarafga) yoyishni istaydi”. [9:32]

18 fevral 2015 yil

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.