Atambaev “musulmoncha kiyim” atamasini umuman qabul qilmaydi

717
0

Qirg’iziston prezidenti apparati siyosiy xabarlar bo’limining xabar qilishicha, “Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev har doim dunyoviy va milliy kiyimni yoqlab kelgan va “musulmoncha kiyim” atamasini, ayniqsa bolalar va maktab o’quvchilari uchun qo’llanishini umuman qabul qilmaydi”.

Bo’limning bildirishicha, prezidentning parlamentdagi vakili Moldakun Abdildaev 19 fevral kuni Jogorku Keneshda davlat rahbarining o’quvchilar tomonidan o’quv joylarida hijob kiyishga tegishli pozitsiyasini noto’g’ri talqin qilgan.

“Almazbek Atambaev hamisha dunyoviy va milliy kimiy formasi tarafdori bo’lgan va “musulmoncha kiyim”, uning ustiga bolalar va maktab o’quvchilarining bu yo’lda kiyinishiga mutlaqo qarshi. Bu mavqe qirg’iz davlatining dunyoviy xarakteri haqidagi konstitutsion moddadan kelib chiqqan. Shunday ekan, biz Norin viloyatining Aq Tala tumanidagi xalq ta’limi bo’limi rahbarining ota-onalardan o’z qizlariga hijob taqishni majburlamaslik borasidagi talablarini butkul asosli deb bilamiz. Prezident aparati Moldakun Abdildaev davlat rahbarining so’zlarini noto’g’ri talqin qilgani uchun uning mas’uliyati masalasini ko’rib chiqmoqda”, – deyiladi matbuot idorasi bayonotida.

Prezident Almazbek Atambaevning Jogorqu Keneshdagi vakili Moldakun Abdildaev parlament yig’inida maktab o’quvchilariga hijob o’rashni taqiqlagani uchun Aq Tala tumanining ta’lim bo’limi rahbariyati ishdan chetlatishini aytgan edi.

Turkiston:

Bular prizidentni qaysi tomonga qarab olib ketishayapti? Naxotki G’arbparast kuchlar prizident va uning apparatini shunchalar qo’rquvda ushlab olishgan bo’lishsa.

Yaqin kunlarda, “Olloxu akbar degani uchun xam qamoqqa olinadimi odam” deb taajublanayotgan prizidentimiz, bu kunga kelib musulmonlarga adovvati o’ta kuchli shaxsga aylanib qolsa. Balki uning nomidan gapirayotgan notig’lari yolg’on uydirma gaplar tarqatishayotgandir. Balki “uchunchi kuchlar” unga nisbatan Musulmonlarda nafrat uyg’otish uchun atayin uni shu gaplarni aytishga majburlashayotgandir. Negaki xozir qirg’izistonda, G’arb tomonidan Qirg’iz xukumatini atayin Islom va Musulmonlarga qarshi yo’naltirilib, pravokatsiya uyushtirish uchun qulay sharoit paydo qilish uchun jiddiy kompaniyalar ish olib borishmoqda. Ular xatto prizidentga ta’qib o’tkaza oladigan quvvatga ega.

Shu bilan bir vaqtning o’zida bu “uchunchi kuch” boshqarib borayotgan kompaniyasi, ikkinchi yo’nalish bo’ylab, Musulmonlar ichida xam, ularni xukumatga qarshi gij gishlash amaliyotlarini olib borishmoqda. Bu kuch tomonidan vaximali qilib ko’rsatilayotgan islomiy vaximalar. Faqat vertual ( internet tarmoqlarida) olamda bo’lib, ular Qirg’iziston uchun rial xavf tug’dirmaydi.

Ammo, shularni bila turib, nega prizident apparati ulardan shunchalar qo’rqishadi? Xatto ularni rozi qilish maqsadida, onalari kiyish emas, kiyganlarga qarashdan nomus qilgan dunyoviy (mini yubka, tor ishtonlar, ….) avratlari ochiq noshar’iy kiyimlarga qarshi emasligini, faqat Ollox farz qilgan xijobga qarshi ekanini aytayapti. Demak prizident, Musulmonlar nomidan qo’poruv ishlarini o’zlari uyushtirishi mumkin bo’lgan, o’sha uchunchi g’arbparast kuchlarning iflos re’jalaridan qo’rqadi.

Agar prizident maktab o’quvchilaridagi xijobnigina yomon ko’rayotgan bo’lsa. Musulmonlar xukumat va prizidentdan, maktab programmasiga o’zgartirish kiritishini talab qilib. Yigitlarni qizlardan ajratib o’qitish programmasini ishlab chiqilishini so’ranishimiz kerak. Agar shu programmani ishga oshirish yoki qonuniylashtirish uchun xar qancha imzo to’planishi lozim bo’lsa to’plab berishga va’da berishimiz kerak. Nega endi qariyb 80% Musulmon, 20% g’ayriddinlarni ra’yiga yurishimiz kerak. Qizlarimizni, balog’atga etishi bilan nomaxramlar ichida o’qitilishiga rozi bo’lishimiz, uning ustiga xijobsiz borishga majburlashimiz da’yuzlik bo’ladi Ollox saqlasin. Shuning uchun qizlarimizni nomaxram yigit va erkak o’qituvchilardan ajratib qo’yib, so’ng o’quv dargoxida xijobsiz yurishlariga ruxsat bersak bo’laveradi. Shunda prizident xam xijobga qarshi ekanini xammaga ovoza qilib o’tirmas edi. Biz xam o’z qizlarimizni maktabda xijob kiy deb, majburlamagan bo’lar edik. Chunki maxramlar balog’at yoshiga etgan kundan boshlab, ularni xijoblantirish, ularning maxramlari uchun farz xisoblanadi. Bu xar bir o’zini musulmon sanagan inson uchun Ollox tomonidan qo’yilgan qat’iy talab.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.