Rozenblyum: Vashington Markaziy Osiyoning terrorchilar uchun boshpanaga aylanishini istamaydi

401
0

10 fevral kuni Bryusseldagi media markazda o’zbekistonlik, qozog’istonlik va qirg’izistonlik jurnalistlar bilan telefon orqali bo’lib o’tgan matbuot anjumanida gapirgan AQSh Davlat kotibining Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisi o’rinbosari, AQSh Markaziy Osiyo davlatlarining mustaqilligini va hududiy birligini quvvatlashini va ular terrorchi guruhlar uchun boshpanaga aylanishiga yo’l qo’ymasligini aytib o’tdi.

“Biz Markaziy Osiyo terrorchilar uchun boshpana bo’lishini xohlamaymiz, shu sababli mintaqadagi rasmiy vakillar bilan uchrashuv mobaynida xavfsizlik, terrorizm, narkotrafik hamda “IShID”ga qarshi kurashda hamkorlikni kengaytirish to’g’risida suhbatlashdik”, – dedi Markaziy Osiyo barqarorligi to’g’risida “jon koyitgan” Rozemblyum.

Markaziy Osiyoning har besh mamlakatida bo’lgani haqida to’xtalgan Rozenblyum, “Eng avvalo shuni aytmoqchimanki, mintaqadagi markazlarda bo’lganimda men ba’zi mujdalarni eshitdim. Birinchisi, bu barqarorlikni xohlash. Men buni nafaqat rasmiylar tomonidan, balki nodavlat sohalar, biznes vakillaridan ham eshitdim. Men shuningdek, mintaqadagi voqealardan ba’zi xavotirlarga, xususan xalqaro aksilterror missiya nihoyasiga etgach, Afg’onistondagi vaziyatdan tashvishlarga ham guvoh bo’ldim. Bundan tashqari Ukrainadagi voqealar mintaqadagi davlatga qanday ta’sir ko’rsatishi to’g’risida xavotirlar borligini ko’rdim” – dedi.

Rozenblyumning so’zlariga ko’ra, Markaziy Osiyoda u e’tibor qilgan muhim nuqta – davlatlarning mustaqillik, suverenitet va erkin tanlash huquqini saqlab qolish istagidir.

“Markaziy Osiyo davlatlari mustaqil bo’lganliklari bilan faxrlanadilar va chetdan aralashuvni istamaydilar. Mintaqa mamlakatlari AQSh bilan turli sohalarda yanada chuqur va keng hamkorlik qilishni xohlaydilar”, – dedi davlat departamenti vakili.

Turkiston:

Sirtdan qaraganda AQSh Markaziy Osiyoda barqarorlik bo’lishi uchun jon koyitayotgandek ko’rinsada, aslida mavjud bo’lmagan xavfni bo’rttirib ko’rsatish orqali bu davlat rahbarlarini qo’rquv ostida ushlab turishga va shu yo’l bilan o’zini yagona tinchlik garovi sifatida ko’rsatishga harakat qilmoqda.

Bu kabi rasmiylar bergan bayonotlar haqiqatga qanchalik mos kelish yoki kelmasligini tekshirib ko’rmay, ushlab olgan mahalliy taxlilchi va ommaviy axborot vositalari esa vahimani yanada kuchaytirib berishga xizmat qilishmoqda. Ular tomonidan berilgan taxlil va xabarlarga suyangan rasmiy hukumat esa o’zi bilgan yoki bilmagan xolda siyosiy xatolarga yo’l qo’ymoqda. Yirik davlatlarning asl maqsadlari esa aynan shundan iborat.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.