Hukumat kimning nog’arasiga o’ynamoqda?

479
0

So’ng vaqtlarda Qirg’iziston ommaviy axborot vositalar orqali mustaqil taxlilchi, hukumat a’zolari kuch organlarining Qirg’izistonda vujudga kelgan va “jiddiy tahdid” paydo qilayotgan “islomiy xatar” to’g’risidagi xabarlari tez-tez paydo bo’lmoqda.

Qirg’izistonda faoliyat olib borayotgan “Din, huquq va siyosat” markazi direktori Qodir Malikov 21 yanvar kuni Bishkek shag’rida bo’lib o’tgan matbuot anjumanida, “Iroq va Suriyaning bir qismini ishg’ol etgan “Islomiy davlat” terror guruhi Markaziy Osiyoda nobarqarorliklarni keltirib chiqarishga 70 million dollar ajratgani” haqida ma’lum qilgan edi.

Qirg’iziston bosh vazirining birinchi o’rinbosari Toyirbek Sarpashev esa O’sh viloyatiga qilgan ish safari vaqtida Qorasuv va Aravon tumanlarini Lugansk va Donetsk shaharlariga qiyoslab, “bu erdagi vaziyat o’ta xavfli va joylashish o’rinlari ham bir xil ekanligini” aytib, kuch organlari uchun milliy va diniy ayirmachilikka keng yo’l ochib berib ketdi.

Xo’sh, rasmiy hukumat vakillari va mustaqil taxlilchilar bashorat qilishayotgandek, Qirg’izistonda diniy vaziyat o’ta jiddiymi?

Avvalambor, Rossiya va G’arb davlatlari tomonidan bo’rttirib ko’rsatishga harakat qilinayotgan Afg’oniston “xatari”ga to’xtaladigan bo’lsak; AQSh 2001 yil 11 sentyabrdagi “terroristik hujum”ni uyushtirib, bu hujum ortidan Afg’onistonga bostirib kirgunga qadar 10 yilga yaqin vaqt hokimiyat tepasida turgan Tolibon harakati biror marta ham qo’shni respublikalarga tahdid qilmagan yoki bostirib kirishga harakat ham qilmagan. Holbuki o’sha vaqtda bu ish Tolibon uchun unchalik qiyin kechmas edi. Bunga misol qilib, 1999-2000 yilgi voqealarini keltirish mumkin. O’sha yillari “O’zbekiston islomiy harakati”ning bir necha o’n jangarisi Qirg’izistonning Botken viloyati va O’zbekistonning Sariosiyo va Uzun tumanlariga bostirib kirishi bu davlatlarning harbiy quvvati qanchalik ekanligini oshkor etib qo’ygan edi. “O’IH” ga solishtirganda o’n barobar ko’p kuchga va harbiy quvvatga ega bo’lgan Tolibon harakati esa Markaziy Osiyo respublikalaridan birortasiga tahdid tug’dirishga intilmadi.

Bugungi kunda butun dunyoga “olabo’ji” qilib ko’rsatilayotgan “Islomiy davlat”ga kelsak, bu tashkilot tomonidan ilgari surilayotgan takfir fatvolarini Markaziy Osiyo respublikalari, xususan Qirg’izistonda keng tarqalishi uchun sharoitlar mavjud emas. Chunki, bu o’lkalarda musulmonlar adashishlari bilan kofir bo’lib qolmaydi, ularni umumiy ravishda kufr nisbati bilan ayblab bo’lmaydi, degan islomiy dunyoqarash vakillari bor. Ammo bu respublika rahbarlari Rossiya va G’arb davlatlari talablarni ko’r-ko’rona bajarishlari orqali bunday muhitni o’zlari paydo qilib berishlari mumkin.

O’zbekiston prezidenti Islom Karimov tomonidan Islom va musulmonlarga qarshi olib borilayotgan shavqatsiz kurash, musulmonlarni to’g’ri yo’lga boshlovchi xolis diniy etakchilarni yo’q qilinishi, oddiy xalqni har qanday insoniy va diniy huquqlardan mahrum qilinishi, bu respublikadagi musulmonlarni boshqa respublikalarga qaraganda ko’proq radikallashishiga olib keldi. Bugungi kunda e’lon qilinayotgan rasmiy va norasmiy hisobotlarga ko’ra, Markaziy Osiyo respublikalaridan borib Iroq, Suriya va boshqa davlatlarda jang qilayotganlarning ichida ko’pchiligini o’zbekistonliklar tashkil etishi bejizga emas.

2010 yilgi iyun voqealari va bu voqea ortidan milliy ayirimachilik keng quloch yoygunga qadar Qirg’izistondan birorta musulmonni chet o’lkalarga jihod qilish uchun chiqib ketishi xodisasi qayd qilinmagan edi. Ammo rasmiy hukumat tomonidan millatchilikni yo’q qilish yo’lida birorta ham amaliy qadam tashlanmagach, bir necha yuz musulmonlar chet o’lkalarga chiqib ketishga va qo’llariga qurol olishga majbur bo’lishdi.

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev 7 fevral kuni Sochi shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib qaytdi. Mazkur uchrashuvda Putin Atambaevdan avval qo’yilgan talabning bajarishni tayinlagan ko’rinadi. Ehtimol shundan iboratki, Vladimir Putin Qirg’iziston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lgunga qadar Atambaevdan mamlakatda diniy vaziyatni “izga solishni” talab qilib kelmoqda. Putin talabini bajarish va Rossiya ko’rsatayotgan moddiy yordamlarni qo’lga kiritish ilinjida Atambaev katta siyosiy xatoga yo’l qo’ymoqda.

Shu sababli ham ikki prezident uchrashganidan ikki kun o’tmay turib, 9 fevral kuni Qirg’izistonning qator shahar va tumanlarida musulmonlarga qarshi bir nechta amaliyotlar bo’lib o’tdi. Jumladan, Issiqko’l viloyati Yettio’g’iz tumanining Oqterak qishlog’ida Hizb ut-Tahrirga aloqadorlikda gumon qilingan to’rt nafar musulmonnnig uyida tintuv o’tkazilib, qo’lga olingan bo’lsa, Botken viloyati Laylak tumani Yangi er qishlog’ida ham bir musulmonning uyida tintuv o’tkazildi. Aynan shu kuni O’sh viloyati Qorasuv shahrida ham Hizb ut-Tahrirga aloqador deb 15 musulmonning uyiga kuch organi xodimlari “tashrif buyurishdi”. Bu musulmonlar bilan bir vaqtda uyida tintuv o’tkazilgan Qorasuv shahridagi “As-Sarahsiy” masjidi imomi Roshod qori Kamolov esa hozirga qadar qamoqda qolmoqda. Holbuki, Qirg’izistonning janubiy mintaqasida millatchilik avj olishi va “Islomiy davlat” tomonidan ilgari surilayotgan takfir tushinchasiga qarshi turishi mumkin bo’lgan shaxslardan biri aynan shu Roshod qori ekanligini rasmiy hukumat hisobga olmayapti.

Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev o’z qo’shnisi bo’lgan va bugungi kunda O’zbekistonni porox solingan bochkaga aylantirib qo’ygan Islom Karimov yo’l qo’ygan xatolardan o’ziga xulosa chiqarib olishi kerak edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.