Rubl qadrsizlanishining O’rta Osiyoga ta’siri

1690
0

Rossiya pul birligi rublning oxirgi paytlarda o’ta qadrsizlanishi sobiq SSSR tarkibida bo’lgan to’qqiz davlat iqtisodiga, xususan O’rta Osiyo davlatlari orasida O’zbekiston iqtisodiga katta tahdid tug’dirayotgani aytilmoqda. Jahon bankining mutaxassislariga ko’ra, 2015 yilda rublning qadrsizlanishi sababli mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) tarkibidagi davlatlar 10 milliard dollardan ortiq daromaddan mahrum bo’lishadi.

Rublning qadrsizlanishi oqibatida avvalgi daromadlarini qo’lga kirita olmay qolgan juda ko’p mehnat muhojirlari Rossiyani tark eta boshladi. Bu esa bir tarafdan Rossiyaning iqtisodiga zarar keltirsa, ikkinchi tarafdan mehnat muhojirlari qaytib ketayotgan mamlakatlarda ishsizlikning yana ham ortishiga sabab bo’ladi.

Jahon bankining bildirishicha, Rossiyada ishlab yurgan o’zbek mehnat muhojirlari tarafidan mamlakatlariga yuborilayotgan mablag’lar O’zbekiston iqtisodining 12 foizini tashkil qiladi. Shu bois ishchilarning Rossiyadan qaytishlari oqibatida O’zbekistonda jiddiy muammo yuzaga kelishi kutilmoqda.

Bir AQSh dollari ayni paytda 65 rublga baholanmoqda. So’nggi to’rt oy ichida Rossiya rubli ikki barobarga yaqin qiymatini yo’qotdi. Turkmaniston pul birligi manat esa faqatgina bir oyning o’zida 19 foiz qadrini yo’qotdi. Qirg’iziston va Tojikiston ham yuqori darajada inflyatsiya tahdidi ostida qolmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.