Shuvalov rossiyaliklarga ishsizlikka tayyor turishni tavsiya qildi

406
0

“RIA Novosti”ning xabar qilishicha, Rossiya bosh vazirining birinchi o’rinbosari Igor Shuvalov Davos forumida Rossiya ishsizlar soni oshishiga tayyorlanishi kerakligini ma’lum qilgan.

“Ko’pchilik uchun mavjud vaziyat bir zarba sifatida ko’rilmayapti, lekin bu vaziyatni noto’g’ri tushinish hisoblanadi… Odamlar ishsizlar sifatida bozorga chiqishiga va ularni yangi sharoitga moslashishiga tayyorgarlik ko’rish kerak”, – dedi Shuvalov.

Bosh vazir o’rinbosarining hisoblashicha, iqtisoddagi hozirgi vaziyat Rossiya 2008-2009 yillardagi inqiroz saboqlarini unitgani tufayli vujudga keldi.

“Mening baholashimcha: Rossiya iqtisodiyotidagi kulfat shundan iboratki, 2008-2009 yillardagi inqiroz sababli paydo bo’lgan modernizatsiyalash jarayoni neft narxini oshishi bilan tez unitilib ketdi”, – dedi Bosh vazir o’rinbosari.

Uning so’zlariga ko’ra, Rossiyada iqtisodiy vaziyat bundan ham yomon bo’lishi mumkin.

“Rossiya juda qiyin vaziyatda ekanligini anglab etishi kerak. Bizning iqtisodiy ahvolimiz yaxshi emas, u bundan ham yomonlashishi mumkin, ehtimol 2009 yildagidek bizning asosiy eksport maxsulotlari narxlarini o’sib borishi natijasida iqtisodda hamma narsa yaxshidek tuyilishi mumkin”, – deya ta’kidlab o’tdi Shuvalov.

Bundan tashqari, Bosh vazir o’rinbosari fuqarolar ham, korxonalarga ham “qattiq qo’nishga” tayyorgarlik ko’rishni tavsiya qildi.

Turkiston:

“Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko’r” degan maqoldagidek, Rossiyaning axvoli juda og’ir. Endi ichki milliy maxsulotining o’sish darajasi va milliy valyutasining qadrini ushlab turish asosini, Rossiyadagi ishchi kuchlaridan kelayotgan valyutalarga bog’lab olgan Qirg’iziston, Tojikiston kabi davlatlarning axvoli nima bo’ladi. Rossiyada tirikchilik qilib yurgan bu davlatlar fuqorolari, ularning tashqi milliy maxsulotlari bo’lib xisoblanadi. Endi, bu migrantlar ish xaqqilaridan yurtimizga olib kelishayotgan valyuta yoki boshqa tovar va maxsulotlar, Qirg’izistonning ichki yalpi milliy maxsulotiga qo’shiladi. Bu esa, shu yurt fuqorolarining yashash darajasining ko’tarilishiga salmoqli xissa qo’shib keladi.

Shuvalovning bayonoti, Rossiyaning boshiga tushib borayotgan krizis oqibatida, fuqorolarini albatta yashash darajalari pasayishini, ular xozirdan shu kunlarga moslashishlari uchun ogoxlartirish deb tushunsa bo’ladi. Rus xalqi, qiyinchiliklar kelayotgani sari, xozirda ular past tabaqalilar qilishlari lozim deb bilgan ya’ni o’sha migrantlar qilib kelishayotgan ish o’rinlarini egallay boshlashadi. Bu o’z navbatida Rossiya xukumati tomonidan, o’z fuqorolariga asta sekin sharoitlar yaratib berish maqsadida, migrantlar xaqidagi qonunlarni qayta ko’rib chiqila boshlanadi. Tabiiyki Qirg’iziston, O’zbekiston va Tojikiston kabi yurtlarda, ishsizlik muammolari kuchaya boshlaydi.

Bu muammoning yagona echimi sifatida, Rossiya sanoat soxasini qayta tiklash sari qattiq xarakat qila boshlaydi. Qirg’izistonchi, yana Rossiya va Xitoyning iqtisodidan ortib qoladigan qoldiqlariga ko’z tikib o’tiraveradimi?!

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.