Qozog’istonda mish-mish tarqatganlik uchun qamoq jazosi

569
0
2015 yilning 1 yanvaridan boshlab Qozog’istonda yangi jinoyat, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya kodekslari va ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi kodeks kuchga kirdi. Endilikda Qozog’istonda mish-mish tarqatganlik uchun ham jinoiy javobgarlikka tortish joriy qilindi.
1 yanvardan kuchga kirgan yangi Jinoyat kodeksi 467 moddadan iborat. Avvalgi kodeks 393 moddani o’z ichiga olar edi.
Yangi jinoyat kodeksida “Qasddan yolg’on ma’lumotlar tarqatish”, deb nomlangan modda bo’lib, mazkur modda bo’yicha ayblanuvchilar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Xususan, OAVlari yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali mish-mish tarqatishda aybdor deb topilgan shaxs eng kam ish haqining 5000 borobarigacha jarimaga tortilishi, axloq tuzatish ishlariga jalb qilinishi, 2 yildan 5 yilgacha erkinligi cheklanishi yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Xabarga ko’ra, joriy etilgan yangi jinoyat kodeksi fuqarolar huquqlari va davlat manfaatlarini himoya qilish darajasini oshirish, zamonaviy sharoitda jinoyatga qarshi kurashni kuchaytirish, jinoiy qonunchilikni moderniztsiyalashga qaratilgan.
Shuningdek, ekstremizm va terrorizmni namoyon etish, yangi texnologiyalardan foydalangan holda radikal mafkuralarni tarqatganlik uchun jazo choralari kuchaytirildi.
Yangi qonun loyihasida xorijiy qurolli to’qnashuvlarda ishtirok etganlik uchun ham jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo’lib, bu modda bo’yicha aybdor deb topilganlar 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.
Turkiston:
Rossiya tomonidan Qrimni annektsiya qilib olinishi ortidan Nursulton Nazarboev “mamlakat yaxlitligini saqlash” orqali o’z hokimiyatini ushlab qolish maqsadida ketma-ket yangi jazo choralarini qabul qilib kelayotgan edi.
Avvalroq, 7 aprel kuni Qozog’iston Jinoyat kodeksi o’zgartirish kiritilgan edi. Yangi qabul qilingan qonun loyihasiga ko’ra, Qozog’iston hududiy yaxlitligini noqonuniy o’zgartirishga chaqiriqlar uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanishi nazarda tutilgan.
Keyinchalik 7 may kuni yana bir qonun loyihasi qabul qilindi. Mazkur qonun loyihasi bo’yicha endilikda Qozog’istonda “shov-shuv ko’tarish” va “tartibsizliklar” keltirib chiqaruvchi yolg’on xabarlarni qasddan tarqatgani uchun ozodlikdan mahrum etish jazosini joriy etildi.
Bu ikki qonun loyihasi ortidan 4 iyun kuni yana bir qonun qabul qilindi. Bu qonun loyihasiga ko’ra, Allohga iymon keltirib, Alloh nozil qilgan qonunlar asosida yashamoqchi bo’lgan “ekstremist va terroristlarni” ta’qib va tazyiq ostiga olish imkoni kengaytirilgan edi.
Endi bo’lsa bir yo’la Jinoyat kodeksini o’zgartirib qo’ya qoldi. Chunki Islom olamida sodir bo’layotgan voqea va xodisalar, musulmonlarni tez sur’atlar bilan o’z Islomlariga qaytishi mustabid rejimlar xalovatini o’g’irlab qo’ygani aniq bo’lib bormoqda.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.