Yana bir musulmonlar etakchisi Bangladeshda o’lim jazosiga hukm qilindi

628
0

Islom va musulmonlarga qarshi kurashda o’z imkoniyatidagi barcha jirkanch uslub va vositalarni ishga solib kelayotgan, bu yo’lda musulmonlarni o’g’irlab ketish, hech bir asossiz o’ldirib yuborishdan ham tap tortmayotgan mustabid Shayxa Hasina hukumati yana bir musulmonlar etakchisini ko’plab og’ir moddalar bo’yicha aybdor deb topib, o’limga hukm qildi.

Bangladeshda faoliyat yuritayotgan va amaldagi Shayxa Hasina rejimiga muxolifatda bo’lgan Jamoat ul-Islom partiyasi bosh kotibi o’rinbosari Azhar ul-Islom nomusga tajovuz qilish, ommaviy qotilik va genotsid kabi moddalar bo’yicha aybdor deb topilib tribunal tomonidan osib o’ldirishga hukm qilindi.

Bangladeshdagi musulmonlar islomiy etakchiga qo’yilgan bunday ayblovlardan g’azabga kelib, bunday da’volarni rad qilmoqda. Muxolifatdagi islomiy partiyaning minglab tarafdorlari tribunal chiqargan hukmga norozilik bildirib namoyishga chiqishdi. Ko’plab huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar ham bu hukmni noqonuniy deb hisoblashmoqda.

62 yoshli Azxar ul-Islom va avval sud hukmi bilan o’lim yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan uning safdoshlari himoyasi bilan shug’ullangan advokatlar, bu ishlarni barchasi siyosiy maqsadda, nufuzli islomiy muxolifatni yo’q qilishga yo’naltirilgan deb hisoblashmoqda.

Sudya Inoyatur-Rahim o’lim jazosini e’lon qilgach, Azxar ul-Islom, “Men aybdor emasman” deb, baqirdi.

“Urush vaqtida Azxar ul-Islom 19 yoshli student bo’lgan va harbiy jinoyatlarga aralashgan bo’lishi mumkin emas. Unga qo’yilayotgan ayblarning barchasi yolg’on va uydirma”, – dedi uning advokati Toj ul-Islom.

Partiya rahbariyati Bangladesh aholisini 31 dekabr va 1 yanvar kunlari umummilliy namoyishga chiqishga chaqirdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.