Islomiy hayotni qayta boshlashning Shar’iy tariqati

379
0

Islomiy hayotni qayta boshlashning Shar’iy tariqati

Da’vatni etkazish

   Islomga da’vat qilish bilan Islom hayotini qayta boshlashga da’vat qilish orasida katta farq bor. Chunki, avvalgisi omm, ya’ni, Islomga da’vat qilish Islom hayotini qayta boshlashga bo‘lgan da’vatni ham o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi esa, xos. Islomga da’vat qilish xar bir mukallaf musulmonga, Islom davlatiga hamda Islom asosiga qurilgan har bir hizbga vojibdir.

   Mukallaf musulmonga to‘xtaladigan bo‘lsak, u qaerda bo‘lmasin, qaerda yurmasin, undan Islomga da’vat qilishi talab etiladi. U kofirlardagi dinlanish g‘arizasini qo‘zg‘ab, ularni chiroyli mav’iza bilan dinga da’vat qiladi. Ularni Islom aqiydasiga qanoatlantirib, o‘z xohishlari bilan Islomga kirishlari uchun ular bilan hujjat va qat’iy dalillar asosida mujodala qiladi – bahsga kirishadi. Alloh taolo aytadi:

ادْعُ إِلَى سَبِيلِ رَبِّكَ بِالْحِكْمَةِ وَالْمَوْعِظَةِ الْحَسَنَةِ وَجَادِلْهُمْ بِالَّتِي هِيَ أَحْسَنُ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنْ ضَلَّ عَنْ سَبِيلِهِ وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ

   “Robbingiz yo‘liga hikmat va chiroyli mav’za bilan da’vat qiling. Ular bilan eng chiroyli bo‘lgan narsa bilan (ya’ni xujjat va dalillar bilan) mujodala qiling – bahslashing. Albatta, Robbingiz O‘zining yo‘lidan toyigan – adashgan kimsalarni bilguvchidir. U hidoyat topgan kishilarni ham bilguvchidir”. [Nahl surasi. 125].

  Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – marhamat qiladilar;

فوالله لان يهدي الله بك رجلا واحدا خير لك من أن يكون لك حمر النعم

   “Allohga qasamki, Alloh sen sababli bir kishini hidoyatlab qo‘yishi sen uchun ne’matlarning eng zo‘ridan ham yaxshiroqdir”. Buxoriy va Muslim rivoyati.

   Ammo Islom davlatiga kelsak, davlat qurganlaridan keyingi Rasululloh – sollallohu alayhi vasallam – ning siyratlari, shar’iy nasslar, xulafoi roshidinlarning ishlari – Islomni Davlat tomonidan insonlarga jihod yo‘li bilan etkazishning vojib ekanligiga ochiq-oydin dalolat qiladigan etarli dalillardir. Ular Islomni qabul qilishadi yoki Islom hukmlariga bo‘ysunishadi. Negaki, Islomni g‘ayri musulmonlarga ham tatbiq etish ularni Islomga chaqirishning amaliy tariqatidir. Sulaymon ibn Buraydaning  otasidan qilgan rivoyatida keladi;

  كان رسول الله صلى الله عليه وسلم إذا امر اميرا على جيش او سرية أوصاه في خاصته بتقوي الله ومن معه من المسلمين خيرا ثم قال اغزوا باسم الله في سبيل الله فاقتلوا من كفر بالله ولا تغلوا ولا تغدروا ولا تمثلوا ولا تقتلوا وليدا واذا لقيت عدوك من المشركين فادعهم الي ثلاث خصال او خلال. فايتهن ما اجابوك فاقبل منهم و كف عنهم.ثم ادعهم الي الإسلام فان اجابوك فاقبل منهم و كف عنهم  ثم ادعهم الي التحول من دارهم الي دار المهاجرين و اخبرهم انهم ان فعلوا ذلك فلهم ما المهاجرين وعليهم ما على المهاجرين. فان ابوا ان يتحولوا منها فاخبرهم أنهم يكونون كاعراب المدينة لا يجري عليهم حكم الله الذي يجري على المؤمنين ولا يكون لهم في الغنيمة و القيء شيء إلا ان يجاهدوا مع المسلمين. فان ابوا فسلهم الجزية فان هم اجابوك فاقبل منهم و كف عنهم. فان هم ابوا فاستعن بالله وقاتلهم. رواه المسلم و الترمذي 

   “ Agar Rasululloh – sollallohu alayhi va sallam – biror sariyya yoki armiyaga kaysidir kishini amir etib tayinlasalar, xossatan o‘sha kishiga Allohdan taqvo qilishni va o‘zi bilan ketayotgan musulmonlarga nisbatan yaxshi muomalada bo‘lishni vasiyat qilardilar. So‘ng aytardilar; “Allohning yo‘lida, Allohning ismi bilan g‘azot qilinglar. Allohga kofir bo‘lgan kishilarga qarshi urushinglar. G‘azot qilar ekansizlar xaddinggizdan oshmanglar, xoinlik qilmanglar, dushmanlarni tana a’zolarini kesib musla qilmanglar, go‘daklarni o‘ldirmanglar”.  “Agar mushriklardan bo‘lgan dushmaningga   yuzma yuz kelib qolsang,- derdilar amirul jayshga, – ularni 3 ta xislatga chaqir, agar birortasini qabul qilgudek bo‘lsa, ulardan buni qabul et va ularga tegma: Ularni Islomga da’vat qil. Agar da’vatingga javob berishsa, ulardan buni qabul qil va ularga tegma. So‘ng ularni o‘z dorlaridan muhojirlarning dorlariga o‘tishlariga chaqir. Ularga xabar berginki, agar buni qilsalar,  ularga ham muhojirlarning burchlari va huquqlari beriladi. Agar bundan bosh tortishsa, ularga xabar berki,  ular Madina a’robiylari kabi bo‘ladilar.. Ularga mo‘’minlarga joriy bo‘ladigan Allohning hukmi joriy bo‘lmaydi. Ularga o‘lja va g‘animadan xech narsa berilmaydi. Magar, musulmonlar bilan bir safda jihod qilishsa, ularga ham o‘lja va g‘animadan ulush beriladi. Ular agar o‘z dorlaridan muhojirlarning dorlariga o‘tishdan bo‘yin tovlashsa, ulardan jizya so‘ra. Agar ular bu da’vatingni ijobiy qabul etsalar, ulardan buni qabul et va ularga tegma. Agar bundan ham bo‘yin tovlashsa, Allohdan madad so‘ra va ularga qarshi jihod qil”. Muslim va Temiziy rivoyati. Demak, insha Alloh shunday kun keladiki, bu kunda butun insoniyat Islom ahkomlariga bo‘ysunadi. U kunda Allohning izni irodasi bilan va muxlis da’vatchi yigit-qizlarning mashaqqatli mexnati ortidan Xalifalik davlati tiklangan bo‘ladi. Xuddi mana shu kun kelguniga qadar Islom davlati doimiy jihod holatida bo‘ladi. U butun olamni Islomga da’vat qilib, butun dunyoni Dorul islomga aylantirgunga qadar tinimsiz kurashaveradi.

   Ammo Islom xayotini qayta boshlashga bo‘lgan da’vat musulmonlarni Islomni ham ichkarida, ham tashqarida tatbiq etadigan davlatni tiklash orqali Islomni real voqe’likda vujudga keltirish uchun faoliyat ko‘rsatishga chaqirishdir. Bu kofirlarning va ularga malay bo‘lganlarning qo‘l ostida 1924-yili  Xalifalik davlati qulatilgandan keyin o‘z faoliyatinini to‘xtatgan Islom hayotini qayta boshlashga chaqiriqdir. Zero, Islom mana shu holat uchun ham maxsus tariqatni shar’iy qilib bergan. Ya’ni, Islom Xalifalik davlati qulatilishi oqibatida hayot maydonidan g‘oyib bo‘lgan Islom hayotini qayta boshlashning shar’iy tariqatini ham ko‘rsatib  bergan. Bu tariqat — Xalifalik davlatini qayta tiklash orqali Islom hayotini yangidan boshlash uchun faoliyat ko‘rsatadigan siyosiy hizbni vujudga keltirishdan iboratdir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.