Amerika kompaniyalari Qrimni tark etadilar

411
0

AQSh moliya vazirligi 31 dekabr kuni tarqatgan xabarga ko’ra, Qrimda faoliyat yuritayotgan barcha Amerika kompaniyalari 1 fevralga qadar yarimorolni tark etishlari kerak bo’ladi.

Kompaniyalar Qrim bilan texnologiya, xizmat ko’rsatish, import va eksportga tegishli bo’lgan shartnomalarni buzishlari hamda sarmoya yotqizishni to’xtatishlari kerak. Hujjat AQSh moliya vazirligining xorijiy aktivlar ustidan nazorat qilish boshqarmasi direktori Adam Shublin tomonidan imzolandi.

O’tib borayotgan yilning 19 dekabr kuni AQSh prezidenti Barak Obama Qrimga nisbatan qo’shimcha cheklovlarni kiritish to’g’risidagi hujjatni imzolagan edi. Yanigi joriy etilgan cheklovlarga ko’ra, endilikda Qrimga tovar, xizmat va texnologiyalarni eksport qilish va yarimoroldan ularni import qilish ta’qiqlanadi. Shuningdek AQSh kompaniyalarini Qrimga sarmoya yotqizishlari ham mumkin emas. Bundan tashqari, Obamaning qarori moliya vazirligiga Qrimda ish yuritayotgan shaxs va kompaniyalarga cheklovlar joriy qilish huquqini ham berdi.

Rossiyaga qarshi jazo choralarini qo’llashda AQSh bilan elkama-elka turgan Yevropa ittifoqi ham Qrimga nisbatan yangi cheklovlarni joriy qilgan edi. 18 dekabr kuni YeI evropalik ishbilarmonlarga Qrim iqtisodiga sormoya yotqizish, ko’chmas mulk sotib olish, infratuzilmalar qurish va turistik xizmatlar ko’rsatishni ta’qiqlash to’g’risida qaror qabul qilgan edi.

Turkiston:

Barmog’ingni bersang, qo’lingni yutishga urinadi deyilganidek, Ukraina muammosi endi Qrimga ko’chib o’tadiganga o’xshaydi. Rossiya Ukraina bilan vaqtinchalik tinchlik bitimlarini kelishishga rozi bo’lishi, uni Ukrainadan butunlay voz kechganini anglatadimi, yoki uni shunday tushinishdimi? Har qaysi holatda ham, Rossiya bu muammoli mintaqalardan qutulib chiqib keta olmaydi. Chunki AQSh, Rossiyani osongina qo’yib yubormaydi. U hatto Qrimni topshirgan chog’ida ham qutilmaydi. G’arb Rossiyaning xududini parokanda qilishga kirishadi. U Rossiyaga qarshi olib borayotgan sanktsiyalar, iqtisodiy krizisni kuchaytirib boraveradi. Bu esa, AQShning rejasiga ko’ra, ichki muammolarni keltirib chiqarishi lozim. Bir qarashda barbarossa planini eslatadi.

Qrimga tajovuz boshlansa. Rossiya urush ochib yuborishi mumkin. Chunki Putinning o’zga chorasi qolmaydi. U Qrimni Rossiyaning ichki hududi deb e’lon qildi. Hozirda vatanparvarlik va milliy tuyg’ular kuchaytirish ishlari o’ta kuchli olib borilmoqda. Urush, Putinning rejimi uchun, Rus xalqining yashash darajasini pasaytirish muammosini hal qilib olishida juda qo’l kelishi mumkin. Bundan tashqari, urush rejimni kuchaytirib olishga va shuning bilan bir qatorda keraksiz jamo’a va shaxslardan xam tozalanib olish imkonini beradi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.