Faysal Moskvada

513
0

Saudiya Arabistonining tashqi ishlar vaziri Saud Faysal rasmiy safar bilan Rossiyaga keldi. Faysal Moskvada rus hamkasbi bilan uchrashdi. Uchrashuv chog’ida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ikki taraf ham neft bozoridan geosiyosiy maqsadlar yo’lida foydalanishga qarshi ekanliklarini bildirdi.

Moskvada Saudiya Arabistonining tashqi ishlar vaziri bilan o’tgan uchrashuvdan so’ng Sergey Lavrov matbuot vakillarining savollariga javob berdi. Lavrovga ko’ra neftning narxi bazorga qarab belgilanishi lozim.

“Narxlarni talab va taklif belgilashi lozim. Biz ham, saudiyalik hamkorlarimiz ham neft bozoridan siyosiy va geosiyosiy maqsadlar yo’lida foydalanishga qarshimiz”, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Lavrov “terrorchi” guruhlar tarafidan nazorat qilinayotgan mintaqalardan har qanday neft naqliyotining ta’qiqlanishi lozimligini urg’uladi. Uning qayd etishicha, bu mintaqalardagi neftni sotib olish “terrorchi” guruhlarni moliya bilan ta’minlashni anglatadi.

Lavrovning ta’kidlashicha, Rus hukumati doimiy do’stona aloqalar o’rnatib kelgan Islom dunyosidagi jangu-jadallar va ziddiyatlar barham topishini istaydi. Lavrov “Terrorchi” guruhlar paydo qilayotgan haqiqiy tahdidni anglab etgan barcha davlatlar hamkorlikda unga qarshi harakat qilishi lozimligi borasida Rossiya ham Saudiya Arabistoni ham bil xil fikrda ekanligini qayd etdi va bu borada ikki davlat “terror”ga qarshi kurash uchun hamkorlikda guruhlar tashkil qilishga kelishib olganligini bildirdi.

Bundan avval Saudiya tashqi ishlar vaziri Saud Faysal AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan uchrashgan edi. Xabarlarda aytilishicha, ikki taraf Parijda o’tgan uchrashuvda IShIDga qarshi tuzilgan koalitsiyaning kelgusi bosqichi va Saudiya Arabistonining koalitsiyadagi roli haqida bahs yuritgan. Shuningdek, Kerri va Faysal Eronning yadro dasturiga doir xavotirlarini poylashganliklari bildirilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.