Dasturingiz Kitobu Sunnatdir bashariyatni qul qiluvchi g’ayriilohiy konstitutsiya emas

449
0

Ey Tojikistondagi musulmonlar!

Dasturingiz Kitobu Sunnatdir bashariyatni qul qiluvchi g’ayriilohiy konstitutsiya emas

2014 yil 6 noyabr Tojikiston konstitutsiyasi kuni. Bu sana moddiy mafkura asosiga qurilgan xudosiz Sovet Ittifoqi qulagandan so’ng 1994 yil Tojikiston xalqiga zo’rlab tiqishtirildi. Bu konstitutsiyada dinni hayotdan ajratish mafkurasiga asoslangan respublika tuzumi qabul qilinib, unda prezident xalqni inson tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarga muvofiq boshqaradi.

1994 yil prezident Imomali Rahmon prezident qilib saylandi va 20 yildan buyon ayni lavozimda ishlab kelyapti. U Sovet Ittifoqi davrida kommunistik partiyaning oliy ta’lim muassasalarida kommunistik printsiplar asosida tarbiya ko’rgan. Bu ta’lim muassasalari marksistik leninizm moddiy falsafasi ta’limotlari asosida partiya etakchilarini etishtirib chiqargan.

Tojikiston ahli Islomga qadimdan e’tiqod qiladi. Bu yurtga kommunistlar kirib kelgandan boshlab, musulmonlar ko’plab mashaqqatlarni boshdan kechirdilar, biroq bu mashaqqatlar ularni dinidan qaytarolmadi. Sovet Ittifoqi qulashi ortidan odamlar erkin nafas oldilar va Islomni o’rganishga jo’shqin harakat qila boshladilar, yangi-yangi masjid va madrasalar ochildi, yoshlar hatto o’rta maktablarda ham Qur’ondan ta’lim oladigan bo’ldilar. Shahar ko’chalari islomiy liboslarga burkangan muslima ayollarga to’ldi. Biroq bu ko’pga cho’zilmadi…

Imomali Rahmon qudratga kelishi bilan musulmonlar hayoti juda murakkablashdi, Islomga da’vat qilganlar yana ta’qib qilinadigan, qamoqqa olinib, qiynoqqa tutiladigan, o’ldiriladigan bo’ldi va bu Imomali Rahmonning tog’ut rejimida oddiy holga aylandi. Odamlarning turmushi qashshoqlik darajasigacha etib bordi, ulardan millionlabi tirikchilik izlab o’z yurtlarini tark qilishga majbur bo’ldilar, har yili Tojikistonga uzoq yurtlarga ish izlab borgan fuqarolarning ko’plab jasadlari qaytib kelmoqda, yurtda qolgan ayollar, bolalar va qariyalar esa ochlik va qahraton sovuqdan aziyat chekmoqda.

Ey Tojikistondagi musulmonlar!

Tog’ut konstitutsiya kunini bayram qilish ulkan gunohdir. Barcha musibatlarimiz buyuk Islomimiz ahkomlari asosida yashamayotganimiz sabablidir. Chunki Islomdagi boshqaruv nizomi islomiy aqidaga asoslangan bo’lib, qonun chiqaruvchi Alloh Azza va Jalla, hukmdor esa musulmonlar xalifasidir.

Alloh Taolo bunday dedi:

﴿وَأَنِ احْكُم بَيْنَهُم بِمَآ أَنزَلَ اللَّهُ وَلاَ تَتَّبِعْ أَهْوَاءهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَن يَفْتِنُوكَ عَن بَعْضِ مَا أَنزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ فَإِن تَوَلَّوْاْ فَاعْلَمْ أَنَّمَا يُرِيدُ اللَّهُ أَن يُصِيبَهُم بِبَعْضِ ذُنُوبِهِمْ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ النَّاسِ لَفَاسِقُونَ﴾

«Ular o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan sizni (burib) fitnaga solib qo’yishlaridan ehtiyot bo’ling, Agar (sizning ushbu hukmingizdan) yuz o’girishsa, bilingki, Alloh ularga ayrim gunohlari sababli musibat etkazishni istamoqda, albatta, odamlardan ko’plari fosiqdirlar» [Moida 49]

Ey Tojikistondagi musulmonlar!

Shubhasiz, bu hayotdagi musibatlar va xorliklardan, oxiratdagi alamli azoblardan qutulishimizning yagona yo’li Xalifalik davlatini barpo etishdir. Shuning uchun biz Hizb ut-Tahrir a’zolari sizni Payg’ambarlik minhoji asosidagi to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlatini barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun Rosulimiz Aning tariqatlari bo’yicha biz bilan birgalikda faoliyat qilishga da’vat qilamiz. Zero, ushbu davlat Allohning Kitobi va Rosuli Aning Sunnatlari bilan hukm yuritadi, Allohning O’zi madadkor bo’lsin!

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi

Manzil: al­Mazraa – «Kolumbia TSentr» – Blok B – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

Telefon: 00961 1 30 75 94

Uyali telefon: 00961 71 72 40 43

Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.