Elektr enargiyasi muammosi davom etadi

755
0

1769 Qirg’iziston respublikasi energetika va sanoat vazirligi stats-kotibi Botirqul Baetovning so’zlariga ko’ra, agar Qozog’iston 1 milliard kVt-soat elektr energiyasi etkazib bermasa, elektr uchun cheklovlar joriy qilinadi.

 Viloyatni isitish mavsumiga tayyorlash bo’yicha Norin shahrida bo’lib o’tgan navbatdagi yig’ilishda Baetovning aytishicha, hozirgi kunda Qozog’istondan 400 million kVt-soat olish to’g’risida kelishuv mavjud. “Biz bu elektr energiyasini qaytarib beramiz, ayni vaqtda 1 milliard kVt-soat elektr toki olish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda. Mazkur elektr tokini chegaradagi narxi bir kVt-soat uchun 3,5 somni tashkil etmoqda. Biz uni ichki narx asosida etkazib berishimizga kerak bo’ladi. Agar biz Qozog’istondan elektr sotib olmasak, u holda cheklov kiritishga majbur bo’lamiz”, – dedi Baetov.

 Yig’ilishda ishtirok etgan iqtisod vaziri Temir Sarievning aytishicha, Qirg’iziston energetika tarmog’idagi vaziyat jiddiy.

 “Davlat va xalq oldida katta sinovlar turipti. Darhaqiqat, vaziyat og’ir, masala jiddiy. Ikki yil kutishimiz kerak, shundan so’ng biz bu vaziyatdan chiqib ketamiz. Agar qo’shni davlatlardagi vaziyat haqida aytadigan bo’lsak, Tojikistonda elektr uchun kuniga 7-9 soat cheklov kiritilgan. Turkmaniston bizga elektr etkazib bermoqchi edi, ammo O’zbekiston tranzit uchun ruxsat bermadi. Bizda faqat bitta yo’l bor – elektr energiyasini Qozog’istondan sotib olish. Qanday narxda sotib olishimizdan qat’iy nazar, to’lashimiz kerak bo’ladi”, – dedi Sariev.

 Isitish mavsumi yaqinlashgani sari hukumatni boshi qotmoqda. Goh cheklov joriy qilinadi deydi, gohida esa cheklov joriy etilmaydi, deydi. Yagona maqsad qanday qilib bo’lsa ham aholini tinchlantirish.

 Huddi shunday yig’ilishlardan biri 23 oktyabr kuni O’sh shahrida ham bo’lib o’tdi. Shahar hokimi o’rinbosari Qutmanali Abdurahmon o’g’lining so’zlariga ko’ra, O’shda elektr energiyasi tungi soat 24:00dan tongi soat 6:00gacha o’chiriladi.

 Uning aytishicha, kunduz kuni soat 13:00dan 17:00gacha ham elektr tokini o’chirish taklif qilingan edi, ammo bu taklif ma’qullanmadi. “Elektr energiyasini tundagina o’chirish kutilmoqda”, -dedi Abdurahmon o’g’li.

 Aslida esa O’sh shahri va viloyati aholisi kuniga 10-12 soatlab elektr yorug’usiz o’tirishganiga ancha vaqt bo’ldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.