“Sud zulmiga to’xta de” kompaniyasining birinchi bosqichi yakunlandi

434
0

1S Hizbut Tahrir uyushmasining Turkiya viloyatidagi matbuot bo’limi 2014 yil 18 sentyabrda boshlagan “Hizbut Tahrirga nisbatan Sud zulmiga to’xta de” kompaniyasining birinchi bosqichi yakunlanganligini e’lon qildi. Kompaniya doirasida matbuot yig’ilishlari tashkil qilinib, siyosiy partiyalar, huquqshunoslar va matbut vakillariga nisbatan qasdiy zyoratlar amalga oshirildi.

 Hizbut Tahrir yigitlari “Akgul” mehmonxonasida tashkil qilgan matbuot yig’ilishida bir qancha nohukumat tashkilotlar vakillari va huquqshunoslar ishtirok etib, kompaniyaga ilk dastakni berishdi. Kompaniya boshlangandan buyon Hizbut Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limining a’zolari va markaziy matbuot bo’limi a’zolaridan tuzilgan bir hay’at Konstitutsion mahkamadan tortib adliya vazirligigacha, deputatlardan tortib siyosiy partiyalar bosh qarorgohlarigacha, jurnalistlardan tortib telekompaniya xodimlarigacha, nohukumat tashkilotlardan tortib davlat tashkilotlarigacha, yuzlagan shaxslar va tashkilotlarni ziyorat qilib chiqdi. Bu ziyoratlar chog’ida 80ta siyosiy tashkilot, 175ta nohukumat tashkilot, 95ta matbuot byurosi, 51ta sud va huquq vakillari, 32ta davlat tashklotiga “Sud zulmiga to’xta de” kompaniyasi haqida ma’lumotlar jamlangan huquqiy hujjatlar taqdim qilindi.

 Shu bilan birga kompaniyani ommalashtirish maqsadida ochilgan “Sud zulmiga to’xta de” nomli Feysbok sahifasini taqriban 195 ming kishi ziyorat qilganligi kuzatildi. Kompaniyani qo’llab quvvatlash va boshidan kechirgan zulmlarni tilga olish uchun yuzlagan kishilar bu feysbuk sahifasiga o’z foto surat va video tasvirlarini taqdim qilishdi. Kompaniyaga xorijdan Indoneziya, Afg’oniston, Rossiya, Qrim, Misr, Sudan, Livan, Falastin, Daniya, Gollandiya va boshqa bir qancha davlatlar musulmonlaridan qo’llab quvvatlov risolalari keldi. Ular Turkiyadagi Hizbut Tahrir a’zolariga nisbatan qilinayotgan nohaq sudlovlarni to’xtatishga chaqirishdi.

 2014 yil 20 sentyabrda esa “Hizbut Tahrir – Turkiya viloyati” belgisi ostida ochilgan Tvitter sahifasi hech qancha vaqt o’tmay, Turkiya bo’yicha birinchi, dunyo bo’yicha ikkinchi o’rinni egalladi. Bu sahifaga qisqa vaqt ichida 44 341ta tvit tashlandi.

 “Sud zulmiga to’xta de” kompaniyasining birinchi bosqichi yakunlanib ikkinchi bosqichiga o’tilar ekan, Hizbut Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo’limining raisi Mahmud Qor 20 oktyabrdan 20 noyabrgacha imzo kompaniyasi boshlanganligini e’lon qildi.

 www.yargizulmunedurde.com adresi orqali olib borilayotgan imzo kompaniyasi sahifasini ziyorat qilgan kishilar u erdagi qisqacha ma’lumot bilan tanishib chiqqandan so’ng ismi-sharifini va turar joyini yozib “destekliyorum” tugmachasini bosish bilan ishtirok etishlari mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.