Rossiyadagi Hizb yigitlariga kelayotgan sinovlar davom etmoqda

412
0

1387661274_fsb_4 Rossiyadagi Hizbut-Taxrir yigitlari yangi sinovlarga duch kelmoqdalar. Mamlakatning barcha erlarida qo’rqoq va johil sudyalar tarafidan olib borilayotgan va hech qanday aqliy asosga ega bo’lmagan soxta sudlar davom etmoqda. Ularning sudga tortilishining yagona sababi Qur’oni Karim va xijob ta’qiqlanganligiga, bolalar ta’lim oladigan islomiy dargohlarning yopilishiga, islomiy adabiyotlarning ta’qiqlanganligiga va musulmonlarga qarshi uyushtirilayotgan ta’qiblarga qarshi norozilik namoyishlariga qatnashganliklaridir.

 Tataristondagi Qozon shahar sudi 30-sentyabr kuni birodarimiz Asgat Xafizov ustidan chiqargan qarorga Oliy apellyatsion sud hech qanday o’zgartirish kiritmay, o’z xukmida qoldirdi. Ya’ni birodarimiz ustidan chiqarilgan bir yillik og’ir mehnatli qamoq jazosi avvalgi holicha qoldirildi.

 Shuningdek, 30-sentyabrda Tataristonning Naberejne Cheln shahrida Hizb yigitlari ustidan sud jarayonlari bo’lib o’tdi. 1973 yilda tug’ilgan Riyozov Po’latga bir yilu to’rt oy qamoq jazosi berildi. 1971 yilda tug’ilgan Radif Basirov, 1973 yilda tug’ilgan Ramil Qo’chqorov va 1968-yilda tug’ilgan Oybek Beknazarovlar ustidan esa bir yillik kuzatuv ostidagi qamoq xukmi chiqarildi. Ular 21 yanvardan buyon oyoqqa taqiladigan elektron xalqa bilan uy qamog’ida saqlanayotgan edilar.

 Shuningdek yana bir necha birodarlarning sud jarayonlari Qozon shahrida davom etmoqda. 1978 yilda tug’ilgan Azat Xasanov 27 sentyabr kuni Tatariston viloyatidagi FSBga xat olib borgan edi. Shundan keyin uni ekstremistik faoliyat yuritganlikda ayblab qamoqqa olishdi. 1976 yilda tug’ilgan Eldor Shayhutdinov Qozon shahrida joylashgan Kreml binosidagi Rossiya xokimiyatiga xat olib borgan edi. Shunday so’ng u ham qamoqqa olinib, ekstremistik faoliyat olib borganlikda ayblandi. 1983-yilda tug’ilgan Linar Galimov esa 25 yanvardan buyon uy qamog’ida saqlanmoqda. U norozilik namoyishida qatnashgani uchun ekstremistik faoliyat yuritganlikda ayblandi.

 1952 yilda tug’ilgan Elmir Iymanov 9 sentyabr kuni qamoqqa olindi. U Yanvar oyidan buyon uy qamog’ida saqnalib kelayotgan edi. Hozirda Qozon shahridagi markaziy qamoqhonada saqlanmoqda. Elmir rus hukumati tarafidan Tataristondagi cherkov atayin yoqib yuborilgandan keyin Chernobil shahrida o’tkazilgan musulmonlarni qamoqqa olish, qiynash tahdid qilish hodisalarini faol tarzda yoritgani uchun ekstremistik faoliyat yuritganlikda ayblandi.

 2-oktyabrda Chelyabinsk shahrida to’rt kishi qamoqqa olindi. Ularga nisbatan jinoyat kodeksining 205-modda, 2-bandiga ko’ra jinoiy ish qo’zg’atildi va besh yildan o’n yilgacha qamoq jazosi belgilandi. Shuningdek o’tgan xaftada Tatariston poytaxti Qozonda 8 nafar musulmonlar Hizb ut-Tahrirga a’zolikda gumonlanib qamoqqa olindilar. Rossiyada repressiyaga duchor bo’layotgan yigitlar ro’yxatini uzoq davom ettirish mumkin.

 Rossiya xukumati Islomga da’vat qilishni va o’z dinlariga amal qilib yashashga davat qilishni ekstremizm va terrorizm deb atamoqda. Hukumat terrorizm va ekstremizga qarshi kurash bahonasida taqvoli musulmonlarni ta’qib ostiga olish, qamash va ularning qarindosh-urug’larini qo’rqitish kabi jinoyatlarni amalga oshirmoqda. Bu xokimiyat qanchalik tubanlikka botib bormoqda!!

 Bularning barchasi Rossiya rejimining naqadar tubanligini ko’rsatib turibdi, ular qamchi va repressiv jinoyatkorona uslublarini ishlatib Allohning nurini o’chirishga urinmoqdalar. Agar ular o’zlarining tog’ut safdoshlarining siyratlaridan ibrat olganlarida edi, bu qo’llayotgan uslublarining hech qanday natija bermasligini anglab etar edilar.

 Alloh Taolo aytadi:

 ﴿أَفَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوا أَكْثَرَ مِنْهُمْ وَأَشَدَّ قُوَّةً وَآثَارًا فِي الْأَرْضِ فَمَا أَغْنَىٰ عَنْهُمْ مَا كَانُوا يَكْسِبُونَ﴾.

 ”Yer yuzida yurib o’zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo’lganligiga nazar solmaydilarmi, ular bulardan ko’ra quvvatliroq va ulardan ko’ra er yuzida asarlari quvvatliroq bo’lgan edilar, bas ularga kasb qilgan narsalari asqotmadi”.

 Ey Alloh, albatta biz yolg’iz Sengagina ishonamiz. Alloh bizga vakil jihatidan etarlidir, Allohim birodalarimizni qadamlarini sobitqadam qil, ularning qalblariga xotirjamlik ber, bu Sening yo’lingdagi da’vatdir, Sen O’zingni yo’lingga ergashganlarga g’alaba va mukofot berishni va’da qilgansan:

 ﴿وَعَدَ اللَّهُ الَّذِينَ آمَنُوا مِنْكُمْ وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ لَيَسْتَخْلِفَنَّهُمْ فِي الْأَرْضِ كَمَا اسْتَخْلَفَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَلَيُمَكِّنَنَّ لَهُمْ دِينَهُمُ الَّذِي ارْتَضَىٰ لَهُمْ وَلَيُبَدِّلَنَّهُمْ مِنْ بَعْدِ خَوْفِهِمْ أَمْنًا ۚ يَعْبُدُونَنِي لَا يُشْرِكُونَ بِي شَيْئًا ۚ وَمَنْ كَفَرَ بَعْدَ ذَٰلِكَ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْفَاسِقُونَ﴾

“Alloh sizlardan iymon keltirib, solih amal qilganlarga ularni er yuzida xuddi ularda oldin o’tganlarni xalifa qilganidek xalifa qilishni, ular uchun O’zi rozi bo’lgan dinni mustahkamlashni va ularning xavf xatarlaridan so’ng omonlikni badal qilib berishni va’da qildi. Ular Mengagina ibodat qilurlar va Menga hech narsani shirk keltirmaslar. Shundan keyin ham kim kufr keltirsa, bas, ana o’shalar, o’zlari fosiqlardir”.

 Hizbut-Taxrirning markaziy matbuot bo’limining a’zosi

 Eldor Hamzin

 22.10.2014y.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.