AQSh turkiyadan “Injirlik”ni so’radi

377
0

incirlikussu AQSh mudofaa vaziri Chak Heygel IShIDga qarshi kurash olib borish uchun Turkiyadan “Injirlik” harbiy bazasini AQSh uchun ochib berishini talab qildi. Heygelning bildirishicha, Turkiya davlati Suriyadagi mo”tadil (demokratiya tarafdori) muxolifatga harbiy mashqdan o’tkazish borasida ham yordam ko’rsatadi.

Olti kunlik rasmiy safar bilan Janubiy Amerikaga yo’l olgan Haygel samalyotda ketayotib jurnalistlarga intervyu berdi. AQSh mudofaa vaziri Turkiyaning IShIDga qarshi kurashda bera oladigan eng katta yordami AQShga “Injirlik” harbiy bazasidan foydalanishi uchun ijozat berishi ekanligini ta’kidladi. Haygelga ko’ra, Turkiya tarafidan ijozat beriladigan bo’lsa, AQSh Suriyaga eng yaqin NATO harbiy bazasi hisoblangan “Injirlik” harbiy bazasiga turli samalyotlarni joylashtiradi. AQSh mudofaa vaziri Turkiyaning IShIDga qarshi kurash uchun harbiy kuchga ega ekanligini va bu holat yuqori baholanishini alohida urg’uladi.

Heygel Turkiya davlatidan Suriyadagi mo”tadil (demokratiyani yoqlaydigan) muxolifatni harbiy mashqdan o’tkazish va kerakli jihozlar bilan ta’minlashini ham talab qildi. Bu talablar borasida Turkiya mas’ullari bilan shu hafta ichida uchrashuv o’tkazishini bildirgan AQSh mudofaa vaziri Anqaraning Turkiya va Suriya chegara hududida “xavfsiz mintaqani barpo qilish” talabi faol ravishda baholanmaganligini bildirdi. Biroq shunday bo’lsa-da, Heygelga ko’ra, AQSh mas’ullari bu masalani muhokama qilishlari ko’zda tutilgan. Bundan avval Haygel “xavfsiz mintaqani barpo qilish” rejasi Voshington rejalari orasida yo’qligini ochiqlagan edi.

Turkiya “xavfsiz mintaqani barpo qilish” talabini olg’a surar ekan, AQShdan bu borada bir biriga zid bayonotlar kela boshladi. Pentagon so’zchisi Jon Kirbi buning kun tartibiga kiritilmaganligini ochiqladi. Ammo AQSh davlat kotibi Jon Kerri esa bu fikr o’rganib chiqishga loyiq ekanligini bildirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.