Sobiq elchi: AQSh Suriya muxolafatini ranglar bilan belgilaydi

328
0

2014-09-13-12-26-19Turkiyada uch yil faoliyat yuritgan va o’tgan iyul oyida o’z vazifasidan bo’shatilib nafaqaga chiqarilgan AQShning sobiq elchisi Frensis Rikkardone yaqinda tashkil qilingan konferentsiyada o’zining o’tgan faoliyatlari haqida bahs yuritdi.

Hurriyat axborot agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, elchi Rikkardone o’z elchiligi davrida Turkiya hukumatiga Suriyadagi ba’zi muxolif guruhlarga yordam bermaslik lozimligini ta’kidlab kelgan.

Rikkardonening so’zlariga tayanib xabar tarqatgan Amerikaga oid “McClatchy” nashriyoti Rikkardone yuqorida zikr qilgan guruhlar “Jabhatun Nusra” va “Ahrorush Shom” jihodiy guruhlari ekanligini ma’lum qildi.

“McClatchy” nashriyotining internet saytida tarqatilgan xabarga ko’ra, konferentsiya chog’ida Rikkardonega Suriya borasida Turkiya-Amerika aloqalari haqida savol berilgan. Savolga javoban Suriya muxolifatining ranglarga qarab ajratilganligini bildirgan Rikkardone qizil rang bilan belgilanganlar “ochiq dushman”, Sariq bilan belgilanganlar o’rtadagilar, yashil bilan belgilanganlarga esa “ishonchli do’stlar” sifatida qaralishini aytib o’tdi. Rikkardonening ochiqlashicha, u turk mas’ullariga qizil rang bilan belgilanganlardan uzoq turishni va ularni chegaradan o’tkazmaslik lozimligini doimo ta’kidlab kelgan.

Turkiston:

AQSh hukumati doimo Asadni qoralab, o’zining muxolifat tarafida turganligini da’vo qilib keladi. Sobiq elchining gaplaridan AQSh qanaqa muxolifat tarafida turganligi yanada ravshanlashmoqda. Milliy kolitsiya kabi ikki bukilib AQShning qo’l-oyog’ini o’padigan va Asaddan so’ng AQSh chizib bergan yo’ldan yurib demokratiyani tatbiq qilishga va’da berayotgan guruhlargina AQSh va G’arb davlatlari tarafidan dastaklanib keladi xolos. Shunda ham juda ehtiyotkorlik bilan, chunki ularga berilayotgan yordam Alloh yo’lida zulmga qarshi kurashayotgan haqiqiy mujohidlar qo’liga tushib qolish xavfi katta.

Barchaga ma’lumki, Suriyada Bashar Asad rejimiga qarshi kurashayotgan guruhlarning aksariyati, xususan “Jabhat un-Nusra” va “Ahror ush-Shom” jihodiy harakatlari Shomda Asad rejimi qulatilgandan so’ng yangidan demokratiya tatbiq qilinishini tamoman inkor qilib kelishmoqda. Bu esa ularning AQSh nazarida qizil rang bilan belgilanadigan guruhlar safida turib qolishiga sabab bo’lmoqda.

“Ahror ush-Shom”ning yaqinda shahid bo’lgan sobiq rahbari Hasan Abboud Al-jazira telekanali bilan o’tkazgan suhbatda Suriyada Asad rejimi qulagandan so’ng uning o’rnini G’arbcha demokratiya egallashiga aslo rozi bo’lmasligini bildirgan edi. (Alloh uning shahodatini qabul qilsin va Payg’ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birga qilsin).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.