Terrorga (Islomga) qarshi kurashda hamkorlik Terrorga (Islomga) qarshi kurashda hamkorlik davom etadi

412
0

so Obama idorasi Misrga avval va’da qilgan 10 dona vertolyotni hozirgacha etkazib bermadi. AQSh davlat kotibi Jon Kerri misrlik hamkasbi Samih Shukri bilan telefon orqali bog’lanib, va’da qilingan yordamlar etkazib berilishi haqida yana yangidan so’z berdi.

 Kerri Iyun oyida Misrga safar qilib “terrorga (Islomga) qarshi kurashda hamkorlik” doirasida Misrga 10 dona vertolyot berilishini bildirgan edi. AQSh davlat kotibi bu borada yana so’z bergan bo’lsa ham vertalyotlarni hozirgacha etkazib berilmaganligi shunchaki bir e’tiborni jalb qilish sifatida izohlanmoqda.

 Kerri Misr tashqi ishlar vaziri Samih Shukri bilan telefon orqali so’zlashgandan keyin oradagi munosabatlar haqida ma’lumot berdi. Kerrining bildirishicha, AQShning Misrga beradigan harbiy yordamlari davom etadi va ular terrorga (Islomga) qarshi kurashda hamkorlik qilish qarorida qat’iydirlar.

 AQSh davlat kotibi Jon Kerri avval bergan bayonotida AQSh o’tgan yilda to’xtatib qo’ygan 1,3 milliard dollarlik harbiy yordamning bir qismi Misrga etkazib berilishi va 10 dona Apachi vertolyotini Misrga yuborilishini bildirgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.