NATO armiyasimi?

955
0

img_11b58320949adf6fe3b5d6e8f AQShlik general Devid Petreus qurgan IShID (Iroq Shom islom davlati)ning a’zolari oshkor bo’ldi. Tashkilotda 800 nafar frantsuz, 500 nafar ingliz, 300 nafar AQShlik va 70 nafar ispaniyalik vatandoshlar borligi ma’lum bo’ldi.

 AQShlik general sobiq MRB (CIA) direktori Devid Petreusning nazoratida qurilgan va AQShlik yahudiy milliarder Genri Kravis tarafidan moliyalashtirilgan IShID terror guruhi kundan-kunga o’sib bormoqda.

 Suriyada ko’plagan qatliomlarni amalga oshirgan IShID endi Iroqqa o’tdi. 8 mingdan ortiq musulmonni va faqat 11 nafar xristianni o’ldirib, “Xalifalik davlati” qurish haqida ertak aytayotgan tashkilot a’zolarining tarkibi xuddi NATO armiyasidek ekanligi oshkor bo’ldi. Tashkilotda 800 nafar frantsuz, 500 nafar ingliz, 300 nafar AQShlik, 200 nafar turk, 70 nafar ispan, 60 nafar norvegiyalik, 50 nafar shvetsiyalik borligi ma’lum bo’ldi.

 Tarkibida 2500 Saudiya Arabistoni grajdani borligi qayd qilingan IShID to’dasi qo’llanayotgan butun qurollarning 90% Amerika moli. Minib yurgan jiplari, kiygan kiyimlarigacha barining Amerika moli ekanligi, tashkilotning kimlar tarafidan qo’llab-quvvatlanayotganining bir misoli sifatida ko’rish mumkin. So’nggi vaqtlarda Tunis va Marokkodan tashkilotga a’zo bo’lish ortgani e’tiborni tortmoqda.

 Abu Bakir Bag’dodiy yoki doktor Ibrohim degan nom bilan ma’lum bo’lgan IShID rahbarining Petreusga yaqnligini inkor qiladiganlar ham qolmadi. Bag’dodiyning 2009 yili Iroqdagi qamoqdan ozod etilishida AQShlik zobit Kennet Kingga “Nyu-Yorkda ko’rishamiz” degani ma’lum bo’lib, bu amerikaliklar tomonidan inkor etilmagandi.

 IShIDga qo’shilish uchun Suriyaga borgan Abu Anvar va Abu Bakir ismli ingliz vatandoshlari CNNga bog’lanishdi. Ular “G’arblik asirning boshini olishdan g’ururlanishlari”ni aytishdi. Intervyu paytida g’arbni tahdid qilgan kallakesarlar “Bu muqaddas harakatga tayyor bo’lishlarini” bildirishdi. Faqat ko’zlari ko’rinib turgan Anvar, Foleyning qatl etilishi haqida “Bunday qatldan g’ururlanaman” dedi. Lekin bu video AQShda bir studiyada suratga olingani iddao qilinmoqda.

 IShID to’dachi tomonidan Suriyaning Rakka shahridagi Tabka harbiy aeroportini qo’lga kiritishi ortidan 200 nafar suriya askarini qatl etgani aytilmoqda. IShID tarafdorlarining sotsial mediada bo’lishayotgan fotosuratlarda Tabka aeroportidan qochgan o’nlab Suriya askarining tashkilot a’zolari tarafidan asir olingani ko’rsatildi. Buning ortidan bir maydonga to’plangan askarlarni o’qqa tutilgani xabar berilmoqda. Lekin o’qqa tutish videosi yo’qligiga e’tibor qaratildi. Assad rahbariyati bu voqea bo’yicha shoshilinch yig’ilish o’tkazdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.