Atambaev: Qirg’iziston xalqiga tiz cho’kib yashashdan ko’ra, o’lish oson

466
0

9E0A73A0-98FD-4FA2-9F9C-ADE2C4CCC7B5_mw1024_s_n Mustaqilik kuni munosabati bilan Olatog’ markaziy maydonida bo’lib o’tgan tadbirda nutq so’zlagan Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atambaev, Qirg’iziston xalqiga tiz cho’kib yashashdan ko’ra, o’lish oson, dedi.

 O’z nutqi davomida prezident tadbirda ishtirok etayotgan qo’shni davlat elchilariga ham murojaat qilib o’tdi.

 “Bugun bu erda qo’shni davlatlarning elchilari ham ishtirok etmoqda. Vaqtdan foydalanib, ular orqali mazkur davlat rahbarlariga murojaat qilmoqchiman. Xurmatli qo’shnilar, kelinglar axil yashaylik. Bir birimizga zarar etkazishga harakat qilish o’rniga, o’zaro yordam beraylik. Yaqinda Qirg’izistonda yana inqilob bo’ladi, deb sizlarni ishontirmoqchi bo’layotganlarga ishonmanglar. Buning uchun tashqaridan ozgina turtki, ichkaridagi muxolifatni moliyalash va qo’llab-quvvatlash kerak bo’ladi. Bu esa endilikda hech qachon bo’lmaydi”,- dedi prezident.

 Turkiston:

 Ilgari aytib o’tganimizdek, Atambaev Rossiyaning chizib bergan xarita bo’ylab uni rozi qilish sari qattiq xarakatlar olib bormoqda. Rossiya uni, AQSh Afgoniston muammosi bilan avvora va xarbiy texnikalarini olib chiqib ketish xamda Afgonistonda ma’lum vaqtgacha stabillikni ushlab turish maqsadida Qirg’izistonda fitna chiqarishdan manfaatdor emas, deb uqtirib keladi. Shundan kelib chiqib, Atambaev appozitsiya liderlarini qo’rqmay qamay boshladi. O’zini erkin tutib xar qanday norozilik chiqishlarini beparvo qarshi ola boshladi. Lekin tiz cho’kish emas, Qirg’iziston xali sajdadan turgan emas. Demokratiya nomi bilan Kapitalizm sistemasi olib kelgan soxta mustaqillik esa, SSSR davridagi yakka Moskvaga bo’lgan sajdadan, yana bir necha tog’ut davlatlarga xam, vaqti vaqti bilan bosh egib turishga sharoitlar yaratib berdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.