Turkiya va Eron AQSh hukumatini ikkiyoqlama siyosat yurgizish va irqchilikda aybladi

409
0

174-7-01

Fergyuson shahridagi Amerika politsiyasi harakatlari bir qator musulmon mamlakatlar, jumladan Turkiya va Eron tomonidan tanqid qilindi. Mazkur davlat hukumatlari Obama ma’muriyatini ikkiyoqlama siyosat yuritish va irqchilikda ayblashdi.

AQShning Missuri shtatida joylashgan Fergyuson shahrida 9 avgust kuni qurolsiz qora tanli yosh yigit otib o’ldirilgan edi. Sodir etilgan bu qotillik aholi orasida kuchli norozilik uyg’otgan va ommaviy tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo’lgan, namoyishni tarqatish vaqtida politsiyachilar asossiz ravishda keskin choralarni qo’llagan edi. Mana ikki haftadirki tartibsizliklar to’xtagani yo’q va AQShning boshqa mintaqalariga tarqab ketish ehtimoli kuchli. Chunki, ko’plab shaharlarda Fergyuson aholisini qo’llab ommaviy namoyishlar bo’lib o’tdi. Bundan tashqari kuni kecha Fergyusondan uncha uzoq bo’lmagan Sent-Luis shahrida yana bir o’smir otib o’ldirildi.

Yuzaga kelgan vaziyat va turli mamlakatlar tomonidan bo’layotgan tanqidlarga qaramay AQSh davlat departamenti Fergyusonda sodir bo’layotgan tartibsizliklarni boshqa davlatlarda sodir bo’lgan xodisalar bilan tenglashtirishni inkor qilib, bu orqali o’zining ikkiyoqlama siyosat yurgizishini ochiqchasiga namoyon qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.