Eron Saudiya bilan hamkorlik qilishga tayyor

380
0

989548e8-7e04-4ddc-a0ea-cea72018a3fc_16x9_600x338Eron tashqi ishlar vazirligining so’zchisi Marziya Afxam haftalik matbuot anjumanida Eron davlati Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.

“Eron hukumati Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini e’lon qildi va e’lon qilishda davom etadi. Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif bu borada Saudiyaga safar qilishi muqarrardir. Ammo hanuz bu ziyoratni amalga oshirish uchun fursat bo’lmadi”, dedi Marziya Afxam.

Tashqi ishlar vazirligining so’zchisi Afxam ikki davlat o’rtasidagi aloqalarning kuchayishiga umid bildirar ekan, “Saudiya Arabistoni bilan Eronni bir biriga bog’lab turgan an’anaviy aloqalar tabiiy o’z yo’lida davom etmoqda. Ikki davlat elchilari orqali yangi diplomatik qadamlar tashlanishi va diplomatik faoliyatlar yuqori darajaga ko’tarilishini kutmoqdamiz”, deya ta’kidladi.

“Eron va Saudiya Arabistoni mintaqadagi muhim davlatlardir. Umid qilamizki, mintaqadagi muammolarni hal qilish uchun Saudiya bilan olib borilayotgan muzokaralar ortidan yangi muhit paydo bo’ladi”, deb qo’shimcha qildi u.

Eron yaqin yillardan buyon, xususan Suriya inqilobi boshlangandan so’ng Saudiya Arabistoni bilan aloqasini yaxshilashga va turli muammolar ustida muzoka olib borishga harakat qilayotgani kuzatilmoqda. Eronning sobiq prezidenti va hozirda mamlakat ekspertlar kengashining raisi Akbar Hoshimiy Rafsanjoniy – o’zining gapiga ko’ra – Tehron va Riyoz o’rtasidagi aloqalarini rivojlantirish maqsadida Saudiyaga safar qilishi muqarrardir.

Turkiston:

AQShning nazorati ostidagi bu ikki davlat, vaziyatlar ketuviga qarab tez tez o’zgarib turishadi. Ularni yaqinlashishlariga, Iroqdagi vaziyatning, ya’ni AQShning Iroqni uchga bo’lib yuborish re’jasidagi navbatdagi o’zgarishlar majbur qilmoqda. Molikiyning taxtdan ketishi, Iroqning ichki siyosatida mo”tadillikka o’tish davri kelganiga ishora degan edik. Bu esa, avvalida Shia’ va Suniylar o’rtalaridagi sun’iy paydo qilingan adovvatlardan foydalanib bo’linganidan, endi aksincha bu adovvatlarni bartaraf etish yoki xech bo’lmaganda nazorat ostida vaqtincha jilovlab olish xarakatlari boshlanganidan darak beradi. Bu jaroyonda, Eron bilan Saudiya davlatlarining roli katta. Ular Iroqni bir necha bo’laklarga bo’lib yuborish uchun, mintaqalar muammolarini bir birlariga nisbatan murosasozlik asosida echib berish bilan, ularning o’rtalarida bir birlaridan farq qiluvchi qonun qoidalarni o’ylab topishadi. Natijada xar bir mintaqa o’z muammolarining muolajalarini, o’z mintaliteti, millati, mazxabi va qabilalarining ta’siri ostida bir birlariga karama qarshi echimlarni ilgari surishadi. Bu esa xalq referendumi bilan xal qilinishi lozim bo’lgan bo’linishlarga olib keladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.