AQSh Iroqdagi IShID jangarilariga aviatsiyadan zarba berdi

399
0

irakakaraviri-44599006 “Agence France-Presse” nashrining xabar qilishicha, AQSh harbiy havo kuchlari Iroqdagi “Iroq va Shom Islom davlati” jangarilari egallab turgan mintaqalarga zarba bergan.

 AQSh prezidenti Barak Obama bergan bayonotga ko’ra, quruqli kuchlari Iroqq qaytib bormaydi va yangi urishga jalb qilinmaydi. Biroq, Iroqdagi diniy ozchiliklarni genotsid qilinishiga yo’l qo’ymaslik uchun “Islom davlati” tashkiloti jangarilariga qarshi yo’naltirilgan aviahujumni ma’qullagan.

 “Men Iroqdagi diniy ozchiliklar genotsid qilinishiga yo’l qo’ymaslik hamda mamlakatdagi amerikalik xodimlarni himoya qilish uchun “Islomiy davlat” jangarilariga qarshi aviahujum uyushtirishni tasdiqladim”, – dedi Obama.

 Bundan tashqari, Amerika prezidenti Iroqda gumanitar missiya boshlangani to’g’risida ma’lum qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.