Olmaota aholisi norozilik bildirmoqda

382
0

rsz_113 “KTK” telekanalining xabar qilishicha, Olmaotaning eskibozor hududida navbatdagi er mojarosi avj olgan. Bu safar yangi magistral yo’li qurilishi tufayli uylari buzilishi kerak bo’lgan “Uljon” kichik tumani aholisi norozilik bildirmoqda.

 Uylari buzilishi rejalashtirilgan aholiga boshqa joydan er taklif qilingan, biroq buni adolatsizlik deb baholagan aholi taklifni rad qilgan.

 Qurilayotgan magistral yo’lida “Uljon” kichik tumani aholisiga tegishli va buzilishi rejalashtirilgan 30 dan ortiq uylar joylashgan. Tuman aholisining aytishicha, yaqin kunlargacha ularni hech kim bezovta qilmagan, biroq endilikda hokimiyat rasmiylari har kuni tahdid bilan uyni bo’shatib qo’yishni talab qilishmoqda.

 “Bizga 3 iyulgacha chiqib ketishimizni aytishdi. Bizga cho’ldan er taklif qilishdi. U erda hech qanday sharoit bo’lmasa biz qanday yashaymiz”, – deydi mazkur tumanda istiqomat qiluvchi Gulmira Kebekbaeva.

 Uyi buzilishi kerak bo’lgan aholiga hokimiyat “Qorasuv” kichik tumanidan er taklif qilgan. Biroq, bu taklif ko’pchilikka yoqmagan. Odamlarning so’zlariga ko’ra, u erda suv va elektr yo’q. E’tiborli jihati uyi buzilayotgan odamlarning aksariyati o’z uylarini rasmiylashtirib ham ulgurishmagan. Natijada qonunga muvofiq ularga uyi buzilganligi uchun kompensatsiya ham to’lanmasligi kerak. Shu sababli ham ular hokimiyat rasmiylarini ayblashmoqda. Odamlarning so’zlariga ko’ra, hokimiyatdan odamlar kelib ularning uy hujjatlarini rasmiylashtirish uchun olib ketishgan, lekin bu ish amalga oshmagan.

 “Shu kungacha biz kutayotgandik. Agar kutmaganimizda edi, o’zimiz allaqachon hujjatlarni rasmiylashtirgan bo’lar edik. Endi esa ularga ishonib ahmoq bo’lib qoldik”, – deydi Olmaotada yashovchi Janil Aytuarova.

 Keyingi hafta uylarni buzish uchun kichik tumanga buldozer kelishi haqidagi gap-so’zlar odamlar orasida vahima uyg’otgan va odamlar norozilik bildirish uchun hokimiyatga qarab yo’l olishgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.