Qirg’izistonda yangi muxolif blok tashkil qilindi.

507
0

images (11)

Hukumatga mahsuldor muxolifat tashkil qilish maqsadida Qirg’izistonning “Aq-Shumqar”, “Reforma”, “Qirg’iziston liberal-demokratik partiyasi”, “Adiletuu Qirg’izstan”, va “Demokratik alyans” partiyalari birikdilar. Bu haqda shu partiyalar vakillari matbuot anjumanida ma’lum qildilar.

Mamlakatdagi mavjud muxolifatdan farqli o’laroq, yangi muxolifat ish yuritishning avvalgi uslubiga qaytadi, ya’ni “ko’cha demokratiyasini” rivojlantiradi. “Parlamentar muxolifat o’zidagi mavjud imkoniyatlarni samarali qo’llay olmaydi. Biz sud va kadrlar islohatlarini nazorat qilib turamiz, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy xayotida faol ishtirok etamiz”, – deyishadi partiyalar vakillari. Shuningdek ular yangi siyosiy elitaning asosi bo’lib qolishlikka harakat qilishlarini bayon qildilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.