Netanyahu: Kurt davlatini tiklashga dastak bo’lmog’imiz lozim

445
0

14 Iroqdagi beqarorlik ortidan yuzaga kelgan “Kurdiston mustaqilligi” bahsiga Isroil ham qo’shildi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Tel-Aviv universitetida talabalar oldida nutq so’zlar ekan, mintaqa xavfsizligini saqlash uchun Iroqda Kurt davlatining tiklanishi zarur ekanligini ta’kidladi.

 “Biz mustaqil Kurt davlatini tiklashga dastak bo’lmog’imiz lozim”, “Kurtlar siyosiy barqarorligini va siyosiy mo”tadilligini isbotladi. Ular siyosiy mustaqillikka loyiq bo’lgan kurash odamlaridir”, dedi Isroil bosh vaziri.

 Netanya’u bu mavzuda xalqaro hamjamiyatga qarashli kuchlar ham safarbar etilishini talab qildi. Isroil bosh vazirining bu talabi Iroqdagi Kurdiston mintaqasining rahbari Mas’ud Barzoniy o’tgan hafta mustaqil Kurdiston davlati e’lon qilinishiga ishora qilgandan keyin yuzaga chiqdi. “Iroq parchalanmoqda. Kurdiston halqi o’z kelajagi uchun o’zi qaror berish vaqti keldi”, degan edi Barzoniy CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Bir necha kun avval Isroil tashqi ishlar vaziri Avigdor Liberman ham Iroqda yuz berayotgan inqirozlar mustaqil Kurdiston davlati tiklanishi bilan nihoyasiga etishini bildirgan edi.

Siyosiy tahlilchilar nazarida, agar mustaqil Kurdiston davlati tiklanadigan bo’lsa Isroil davlati uni birinchilardan bo’lib tan oladi. Uzoq yillardan buyon Iroq mintaqasidagi Kurt boshqaruvi bilan harbiy, iqtisodiy va razvedka aloqalarini o’rnatib kelgan Isroil davlati Bog’doddan ruxsat olmay sotilgan Kurt neftining birinchi haridori bo’ldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.