Obama mujohidlarning Amerikaga kirib kelishidan ogohlantirdi

421
0

15 AQSh prezidenti Barak Obama Yevropalik mujohidlarning jinoiy ishlarni amalga oshishirish maqsadida AQShga yo’l olishi ehtimolidan ogohlantirdi.

 “Ba’zi evropaliklar sunniy ekstrimistlarning masalasidan ta’sirlanib Suriyaga yo’l olishmoqda. Ba’zilari esa Iroqqa ketishgan. Ular jangavor tajribadan o’tib vatanlariga qaytishadi”, dedi Barak Obama AQShning Ey-Bi-Si telekanaliga bergan intervyusida.

 Obamaning izohlashicha, bu jangchilar Yevropa pastortiga egalar. Agar ular AQShga kirishga kirishga qaror qilishsa ular uchun viza tizimining ham keragi yo’q.

 AQSh prezidenti bu xatarga qarshi turish uchun Qo’shma shtatlarning kuzatuv siyosatini va ma’lumotlarni jamlash siyosatini kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.

Hozirgi paytda 780 nafar Frantsiyalik, 200 nafar belgiyalik, 400 nafar britaniyalik mujohidlar Suriyada Asad rejimiga qarshi mujohidlar safida jang olib borayotgani aytilmoqda.

Parij prokraturasi o’tgan may oyida Belgiyaning poytaxti Bryussel shahridaga muzeyda 4 kishini o’ldirishlikda ayblangan Mahdi Namushni bir yildan ko’proq Suriya mujohidlari safida jang qilganligini e’lon qilgan edi.

 Hozirgi paytda Qo’shma shatatlarda Iroqdagi jihodiy tashkilotlarini havodan hujumga tutish imkoniyatlari ustida munozaralar davom etmoqda. Obama idorasi bu variantni tanlashdan uzoq turgan bo’lsa ham, biroq AQSh mudofaa vazirligi (Pentagon) Iroqdagi AQSh diplomatlarini va harbiylarini himoya qilish uchun bir necha kun avval uchuvchisiz uchoqlarni yuborishga qaror qildi.

Respublikachilar partiyasining a’zosi kongresmen Piter King Obamaning bayonotini qoniqarsiz deb atadi. Piter Kingning bildirishicha, Suriyaning o’zi katta tahdid.

 “Muammo AQShga kirib kelishga qodir bo’lgan minglagan evropaliklarning Suriyaga ketishida emas. Hozirgi vaqtda AQShning o’zidan ham yuzdan ortiq amerikalik Suriyada jang olib bormoqda. Suriyaning o’zi biz uchun katta tahdiddir”, dedi kongresmen King.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.