Shri-Lanka musulmonlari ham qatl etilmoqda

420
0

140616225250-sri-lanka-aluthgama-1-horizontal-galleryMustamlakachilar malayi, xoin Mustafo Kamol qo’li bilan 1924 yilning 3 mart kuni Xalifalik davlati qulatilgach er yuzidagi barcha musulmonlar o’z himoyachilari va qalqonlaridan mahrum bo’ldilar. Ana shu kundan e’tiboran musulmonlar va ularning davlatlari xuddi och odam o’z tovog’iga tashlanganidek ochko’z mustamlakachilar tashlanadigan o’ljaga, nufuz talashadigan maydonga aylanib qoldi.

 Markaziy Afrika Respublikasi, Mali, Falastin, Iroq, Suriya, Checheniston, Afg’oniston, Birma va yana boshqa ko’plab yurtlarda musulmonlar qatliom qilingani kabi, Shri-Lanka musulmonlari ham ruhoniylari boshchilik qilgan buddistlar tomonidan ta’qib va tazyiq ostiga olinib, qatl qilinmoqdalar.

Shri-Lankaning janubida joylashgan shaharlarida buddistlar tomonidan uyushtirilgan qirg’inda uch nafar musulmon qatl qilinib, 80dan ziyodi yarador bo’ldi. Qirg’in o’tgan dam olish kunlari Alutxgama va Beruvala kurort shaharlaridagi musulmonlar yashaydigan mavzelar bo’ylab, buddistlarning “Bodu Bala Sena” ekstremistik guruhi yurish o’tkazgan vaqtda sodir bo’ldi.

Buddist ruhoniylari boshchilik qilgan tajovvuzkor guruh bir nechta masjidlarni vayron qilib, o’nlab musulmonlarning uylarini talon-taroj qilishgan. Shundan so’ng rasmiy hukumat tomonidan mazkur shaharlarda komendantlik soati joriy qilindi, biroq mahalliy musulmonlarning so’zlariga ko’ra, komendantlik soati faqat musulmonlar uchun tatbiq etilmoqda, buddistlar to’dasi esa bemalol izg’ib yuribdi.

“Komendantlik soati faqat musulmonlar uchungina joriy qilindi, isyonchilar uchun emas”, – deydi muslimalardan biri Fotima Fazniyya. Musulmonlarning mahalliy tashkiloti etakchilaridan biri Axmadning so’zlariga ko’ra, Alutxgama shahrida buddistlar 9ta magazin, qirqqa yaqin uy va uchta masjidni vayron qilishgan.

 Qaryib 22 million aholiga ega bo’lgan Shri-Lanka respublikasida musulmonlar aholi umumiy sonining 9,71 foizini tashkil etadi, buddistlar esa 70 foizdan ko’proq. Birmada buddistlar tomonidan musulmonlar umumiy suratda qatl qilinishi va bu ishlari uchun hech qanday javobgarlikka tortilmagani va musulmonlar tarafini oladigan birorta mard topilmaganidan ilhomlangan Shri-Lanka buddistlari ham Islom va musulmonlarga nisbatan o’z nafratlarini oshkora namoyish etishga o’zlarida jur’at topishdi.

 Avvalda musulmonlar o’z hayotlarining mazmuni Islom deb bilar va bu dinni olamga yoyish uchun tinim bilmay harakat qilar edilar. Ana shu vaqtlarda musulmonlar er yuziga o’z hukmlarini o’tkazishgan va butun olam Islom bilan hisoblashishga majbur edi. Musulmonlar Islomdiniga e’tiborsizlik qilishgan kundan boshlalab esa dunyo karvonidan ortda qola boshladilar, Xalifalarini yo’qotishgach esa haqir insonlar tomonidan tahqirlana boshladilar.

 Musulmonlar yana qayta o’z Islomlariga qaytmas ekanlar hamda Olloh dinini oliy qilish uchun bu dunyoni arzimas bilib, avvalda bo’lgani kabi harakat qilmas ekanlar har qanday tuban kimsalar musulmonlar ustida o’z o’yinlarini davom ettiraveradilar.

 Rosululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan hadisda: “Hali ustingizga xalqlar xuddi emakxo’rlar tovog’iga tashlanganidek yopirilib keladi», dedilar. Biz: “Yo Rasululloh, o’sha kuni ozchilik bo’lganimizdanmi?”, deb so’radik. “Sizlar u kuni ko’pchilik bo’lasizlar, lekin xuddi selning ko’pigi kabi ko’pik bo’lasizlar, dushmanlaringiz qalbidan mahobat (qo’rquv) olib qo’yiladi va qalblaringizga vahn solib qo’yiladi”, dedilar. “Vahn nima?”, dedik. “Dunyoga muhabbat va o’limni yomon ko’rish”, dedilar” (Abu Dovud va Ahmad rivoyati).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.